Breaking News

BMTning qochqinlar bo'yicha bosh komissari yangilandi


So’nggi 12 yil ichida dunyo bo’ylab qochqinlar soni uch baravar ko’paydi va 60 millionga yetdi
So’nggi 12 yil ichida dunyo bo’ylab qochqinlar soni uch baravar ko’paydi va 60 millionga yetdi

BMTning Qochqinlar ishlari bo’yicha bosh komissari lavozimiga yangi tayinlangan Filippo Grandi fikricha hukumatlar ksenofobiya botqog’iga botmay, urush va mojarolardan qochayotgan odamlarga yordam ko’rsatishi kerak. 1951-yilda qabul qilingan Qochqinlar haqidagi Xalqaro Konvensiya shuni taqozo etadi.

Italiyada tug’ilib o’sgan Filippo Grandi 58 yoshda. Agentlik ishi bilan bevosita tanish.

So’nggi 12 yil ichida dunyo bo’ylab qochqinlar soni uch baravar ko’paydi va 60 millionga yetdi. Bu davr ichida Afg’oniston qochqinlar qaytadigan mamlakatdan qochqinlar chiqadigan mamlakatga aylandi.

Grandi o’tgan asrning 80-yillarida Sudanda ishlagan. Janubiy Sudan 2011-yilda mustaqillikka erishganidan keyin qochqinlar soni uch baravar oshdi, deydi Grandi.

“Men shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytamanki, so’nggi yillarda vaziyat yaxshi tarafga o’zgarmadi. Urushlar ko’paydi. Uyini tashlab ketgan odamlar, mamlakatidan qochgan odamlar ko’paydi”, - deydi u.

Grandining aytishicha, qochqinlar masalasi doim siyosiy bo’lgan va jamiyatning turli tabaqalari tomonidan siyosiylashtirilgan. Biroq hozir bu ilgariga qaraganda ancha kuchli.

Yevropadagi vaziyatni olsak, bir milliondan ziyod qochqin ayanchli ahvolda yashamoqda, chunki davlatlar nima qilishini bilmaydi, aniq siyosat yo'q, deydi Grandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG