Breaking News

BMT Xavfsizlik Kengashi elchilari Myanmaga bordi


AQSh Xavfsizlik Kengashi prezidenti Gustavo Meza-Kuadra (o'ngda), Quvaytning BMTdagi elchisi Mansur Ayyad Alotoibiy (o'ngdan ikkinchi) Britaniyaning BMTdagi elchisi Karen Pirs (chapdan ikkinchi)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori darajali delegatsiyasi Myanmaning Rakxayn shtatida bo’lib, hukumatni mahalliy roxinjaliklarga qarshi zo’ravonliklarni sinchkov va mustaqil tergov qilishga chaqirdi.

O’tgan yil avgustidan beri 700 mingdan ziyod odam jon saqlash maqsadida Rakxayndan qo’shni Bangladeshga qochishga majbur bo’ldi. Hududdagi vaziyat bilan tanishayotgan Xavfsizlik Kengashiga a’zo davlatlar vakillariga ko’ra, zo’ravonliklarni tergov qilib, mintaqa xavfsizligini ta’minlab, odamlarni uylariga qaytarish kerak.

“BMT Xavfsizlik Kengashi Birma va Bangladesh hukumatlariga bunda yordam berishi, BMT rasmiylariga Birmada bemalol ishlashiga imkoniyat bo’lishi lozim”, - dedi Britaniyaning BMTdagi elchisi Karen Pirs.

Diplomatlar Birma hukumatini qochqinlarni o’z uylariga xavfsiz va bosimsiz qaytarishga qaratilgan anglashma memorandumini BMT va Bangladesh bilan imzolashga chaqirdi.

Mustaqil kuzatuvchilar zo’ravonliklarda Birma armiyasini ayblamoqda. Minglab roxinjalik musulmon qochqinlar ayni damda Bangladeshdagi lagerlarda jon saqlayapti.

BMT va AQSh rasmiylari Myanmadagi voqealarni etnik tozalash deb aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG