Breaking News

Afg'oniston AQSh qo'shinlari kamaymasligidan mamnun


Afg'onistonning BMTdagi elchisi Zohir Tanin AQShning mamlakatdagi qo'shin sonini qisqartirish rejasidan qaytganini olqishlamoqda. Qo'shma Shtatlar joriy yil oxirigacha askarlari sonini 5500 gacha kamaytirmoqchi edi, ammo harbiy qo'mondonlar bunday qilmaslikni so'ragan.

Taninning aytishicha, AQSh mamlakatdagi vaziyatni yaxshiroq o'rganib, harbiylarni kamaytirish rejasini qayta ko'rib chiqishi kerak.

“Shundagina Afg'oniston xavfsizlik muammolarini yaxshiroq bartaraf eta oladi”, - dedi elchi.

Ayni damda Afg'onistonda AQShning 10 ming askari xizmat qilmoqda.

Kelasi hafta Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani Vashingtonda bo'lib, AQSh rahbari Barak Obama bilan uchrashadi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, rejaga ko'ra 2017-yil boshida harbiylar soni keskin kamaytiriladi va aksariyati poytaxt Kobulda bo'ladi, mingga yaqini AQSh elchixonasini qo'riqlaydi.

Obama prezidentlik muddati tugamasidan oldin barcha qo'shinlarni Afg'onistondan olib chiqishga so'z bergan.

Respublikachi qonunchilar joriy yilda qo'shinlarning qisqartirilishiga qarshi. Senator Jon Makkeynning aytishicha, Iroqdan ham askarlar erta chiqarilib, mamlakatning bir qismi terrorchilar qo'liga o'tdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG