Breaking News

AQSh Afrikada kichik, ammo effektiv harbiy operatsiyalar rejalamoqda


AQSh harbiylari Afrikada
AQSh harbiylari Afrikada
Pentagon Afrikada terrorchilarga qarshi kurash yo'lida yangi reja bilan chiqqan.

AQSh Qurolli Kuchlarining Afrika bo'yicha qo’mondoni general Karter Xemning aytishicha, qit’ada razvedka faoliyati kuchaytirilgan, biroq Qo’shma Shtatlar Afrikada doimiy harbiy baza ochmoqchi emas. Mintaqa davlatlariga harbiy tayyorgalikda yordam bermoqda.

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, Burkina-Faso poytaxti Uagadugu aeroporti AQShning Afrikadagi razvedka va kuzatuv markaziga aylangan.

Maqolada aytilishicha, Qo’shma Shtatlar kichik samolyotlarni maskirovka qilib, havo razvedkasini amalga oshirmoqda, biroq Pentagon ma’lumotni tasdiqlamayapti.

General Xemning aytishicha, bu kabi missiyalarning mavjudligi sir emas, ammo operatsiya tafsilotlari maxfiy.

"Afrika bo’ylab ma’lumot yig’ayotganimiz rost. Biroq bu ishni mintaqadagi elchilarimiz va davlatlar roziligi bilan qilyapmiz", - deydi general.

Mudofaa vazirligi AQShning yangi mudofaa strategiyasiga muvofiq, Afrikaga e’tiborni kuchaytirmoqda. Unga ko’ra, Qo’shma Shtatlar mintaqada kuchayayotgan jangari guruhlarga qarshi qit’a davlatlari bilan birgalikda kurashishi lozim.

Ma’lum bo’lishicha, Islomiy Mag’ribdagi al-Qoida, Somalidagi al-Shabab va Nigeriyadagi Boko Haram guruhlari hamkorlikka kelishgan.

AQShning 100 ga yaqin maxsus qo’shinlari bir necha oydan beri Ugandadan turib, Afrikada harakat qilayotgan isyonchilar guruhi va ularning sardoriga qarshi amaliyotda hamkor davlatlarga yordam bermoqda.

General Xemning aytishicha, vazifa yakunlangach, harbiylar vataniga qaytadi. Afrikada doimiy baza qurish rejamiz yo’q, deydi u.

"Afrikaning Jibutidan boshqa davlatida uzoq qolish niyatimiz yo’q", - deydi u.

Djibutida Qo’shma Shtatlarning Afrikadagi yagona harbiy bazasi bo’lib, Somali, Yaman va Yaqin Sharqdagi tahdidlarga qarshi amaliyotlar uchun ko’mak vazifasini bajaradi.

AQShning Afrikadagi maqsadlari/US Military in Africa
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG