Breaking News

AQSh Rossiyaga tibbiy gumanitar yordam yetkazdi


Koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turgan Qo’shma Shtatlar ushbu jadvalda uchinchi turgan Rossiyaga sun’iy nafas oldiruvchi 150 ta apparat yetkazdi. 5,6 million dollarlik xayriya koronavirusga qarshi kurashda AQSh Rossiyaga bergan ikkinchi gumanitar yordamdir.

Amerika elchisi Jon Sullivanning aytishicha, AQSh va Rossiya hukumatlari siyosat bobida turlicha qarashlarga ega bo’lsa-da, Qo’shma Shtatlar Rossiya xalqiga pandemiyaga qarshi kurashda bor yordamni berishga tayyor.

AQSh o’tgan oy ham Moskvaga sun’iy nafas oldiruvchi apparat yuborgan edi.

Dunyo bo’ylab koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshgan bir paytda AQShda kasallanganlar soni ikki millionga yaqinlashmoqda, Rossiyada esa 441 mingdan oshgan. O’tgan bir kunda Rossiyada 8800 dan ziyod odam virus yuqtirgan.

Aprel oyida Rossiya ham AQShga tibbiy yordam yuborgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG