Breaking News

AQSh harbiylari texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda


Amerika harbiylari Silikon vodiysida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:03 0:00

So'nggi haftada dunyoning ko'plab kompaniyalari va hukumat idoralari yangi virus hujumiga uchradi. Raqamli dunyoda xavfsizlik har doim jiddiy muammo bo'lib qolishidan darak bu. AQSh harbiylari axborot texnologiyalari sohasida ham ilg'or bo'lishga urinmoqda.

"Capella Space" firmasi Silikon vodiysidagi boshqa dasturchi kompaniyalardan faqat bir jihati bilan farq qiladi: uning mijozi harbiylar.

"Hukumat bilan ishlash bizga yoqadi, chunki hukumat pul tejashiga va hatto odamlar hayotini saqlab qolishiga yordam berishimiz mumkin", - deydi kompaniya rahbari Payam Banazoda.

Banazoda asli eronlik muhojir. Poyabzal qutisidan sal kattaroq sun'iy yo'ldoshlar yasaydi.

"Bu aslida harbiy texnologiya. Harbiylar ishlatadigan yo'ldoshlar muammosi shundaki, ular juda ulkan", - deydi u.

Kapella sun'iy yo'ldoshlarni an'anaviy texnologiyaga qaraganda kichikroq, arzonroq va tezroq yasay oladi. AQSh armiyasi Kapella texnologiyasini Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan yangi guruh orqali sinab ko'rmoqda.

"Mudofaa vazirligi dunyoning eng katta byurokratiyasi. Qattiq himoyalanishi va maxfiy saqlanishi zarur bo'lgan narsalar bor. Askarlarimiz qo'li tegadigan har bir narsa hayot-mamot masalasi bo'lishi mumkin", - deydi shu guruh vakili Raj Shah.

Harbiylar puxtaligiga aniq ishonch hosil qilmaguncha, yangi texnologiyalarni amaliyotda qo'llamaydi. Ungacha esa uskuna dolzarbligini yo'qotishi mumkin.

Startaplar esa buning aksi. Xatardan qo'rqmay, innovatsiyaga borini tikadi.

"Bu jajji mahsulotni tezda ishga tushirish, bozorga solib sinab ko'rish mumkin. Bularni tez qilish mumkin", - deydi Banazoda.

Milken instituti o'tkazgan konferensiyada Silikon vodiysi ekspertlari texnologiyaning ahamiyatiga urg'u berdi.

"Hukumat idoralari, odatda, eng so'nggi operatsion tizimlar va shifrlash mexanizmlaridan foydalanmaydi", - deydi "Alphabet" rahbarlaridan biri Erik Shmit.

So'nggi kibertahdid ham texnologiyani doim yangilab turish zaruratini eslatdi.

Mudofaa vazirligiga qarashli guruh Silikon vodiysining o'rtasida joylashgan. U texnologik startaplar va AQSh harbiylari o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydi.

"Texnologiya doim o'zgarib turadi. Agar sizda hammaga ma'lum qurol bo'lsa, yomon odamlar uning aybini topish uchun yetarli vaqtga ega bo'ladi. Doimiy o'zgarib borsak, bu xuddi hujumchilar va himoyachilar o'rtasidagi sichqon-mushuk o'yiniga o'xshaydi. Biz g'olib tomonda bo'lishni xohlaymiz", - deydi Raj Shah.

Mudofaa vazirligi qoshidagi guruh an'anaviy qog'ozbozlik va byurokratiyadan qochib, ishni tezroq bitirishga urinmoqda. Tashkil etilganiga 18 oy bo'lishiga qaramay, allaqachon AQSh va dunyodagi 30 dan ortiq texnologiya kompaniyalari bilan ishlashga ulgurdi.

"Capella Space" sun'iy yo'ldoshlari olti oydan so'ng ishga tushishi rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG