Breaking News

AQSh astronavtlari tarixiy missiyaga tayyor


NASA astronavtlari Robert (bob) Benken (chapda) va Dag Xyorli Floridadagi Kennedi fazo markazida matbuot anjumani paytida
NASA astronavtlari Robert (bob) Benken (chapda) va Dag Xyorli Floridadagi Kennedi fazo markazida matbuot anjumani paytida

AQShning eng so’nggi fazo raketasi “Atlantis” so’nggi bor koinotga 2011-yil 8-iyulida ko’tarilganida astronavt Dag Xyorli apparatni boshqargan edi.

Shundan salkam 10 yil o’tib, Xyorliga “SpaceX” kompaniyasining 27-may kuni parvoz qilishi kutilayotgan yangi raketasini sinovdan o’tkazish vazifasi topshirildi.

Ikkinchi sinovchi-uchuvchi Bob Benken Xyorlining kursdoshi va yaqin do’sti bo’lib, ikkovlon “Falkon-9” raketasida so’nggi bor “Atlantis” uchgan maydonchadan havoga ko’tarilib, Xalqaro fazo stansiyasiga yo’l oladi.

So’nggi yillarda amerikalik astronavtlar koinotga Rossiya raketalarida uchib kelayotgan edi.

Xyorli parvoz va qo’nishga bosh bo’ladi. Ochiq kosmosga olti marotaba chiqqan Benken mexanik-muhandis bo’lib, unga apparatni Xalqaro fazo stansiyasiga tutashtirish missiyasi yuklangan.

53 yashar Xyorli va 49 yashar Benken NASAdagi fazogirlar maktabini 2000-yilda o’zlari bilan birga tamomlagan va yaqinda uchuvchilikdan nafaqaga chiqqan ikki ayolga uylangan.

Manekenlar yordamida o’tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli o’tgani bilan haqiqiy parvoz a’lo bo’lishiga kafolat yo’q.

"Manzilga eson-omon yetib olish uchun ko’plab texnik omillarni hisobga olish kerak. Yerga qaytib kelmaguncha ismlarimizni tarixga bitishga erta deb hisoblayman”, - deydi Benken.

Agar missiya muvaffaqiyatli kechsa, bu xususiy kompaniya tomonidan fazogirlarni koinotga olib chiqqan ilk parvoz bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG