Breaking News

AQSh Lukashenko rejimiga qo'shimcha sanksiya qo'yishi mumkin


AQShning Belarusga tayinlangan yangi elchisi Juli Fisherning 9-iyun kuni Senatda qonunchilarga aytishicha, muxolif bloger Roman Protasevichning o’tgan oy samolyotdan tushirilib hibsga olinishi ketidan Belarusning Rossiyaga tobeligi yanada kuchaygan.

Xalqaro hayot - 10-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:41 0:00

Unga ko’ra, Bayden ma’muriyati Lukashenko hukumatiga qarshi yangi sanksiyalar hozirlamoqda.

“Bundan tashqari, Belarusni tark etishga majbur bo’lgan fuqarolik jamiyati yetakchilariga, Belarusda hukumatga qarshi vujudga kelgan guruhlarga, mustaqil matbuotga, inson huquqlarining poymol etilishi hollarini qayd etish uchun, ichki va tashqi muxolifat birligini saqlab turishga yordam berish uchun qo’shimcha 20 million dollar ajratishga qaror qildik”, - dedi diplomat.

Prezident Bayden Yevropaga safari chog’ida Rossiya rahbari bilan uchrashib, Belarus masalasini ko’tarishi kutilmoqda.

AQSh qonunchilari qator tashabbuslar taklif etyapti.

“23-may kuni “Rayan Eyr” aviakompaniyasiga qarashli samolyotning majburan qo’ndirilishini izchil tergov qilib, javobgarlarga jazo choralarini belgilashimiz kerak. Agar harakatimiz va choralar sust bo’lsa, dunyodagi avtokratik rahbarlar demokratik faollarni xorijda nishonga olish mumkin degan xayolga boradi”, - deydi demokrat senator Bob Menendes.

AQSh qonunchilari bilan telefon orqali muloqot qilgan Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning aytishicha, Lukashenko Belarusni Yevropaning Shimoliy Koreyasiga aylantirmoqda.

“Rejim faqat zo’ravonlik bilan javob bermoqda. 35 ming odam hibsga olingan, siyosiy sababga ko’ra 3000 ta jinoiy ish ochilgan, minglab kaltaklash va qiynoqqa solish holatlari, kamida 10 odam o’lgan”, - deydi u.

Belarusni 1994-yildan beri boshqarayotgan Lukashenko hafta boshida ruxsatsiz namoyish qilgan odamlar uchun qamoq muddatini uzaytirishga qaratilgan qonun loyihasini imzoladi. Mamlakat 2020-yil avgustidan beri siyosiy tanazzulga yuz tutgan. Aholining bir qismi Lukashenkoning saylovdagi g’alabasini tan olishdan bosh tortmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG