Breaking News

AQShda qizamiq kasali qaytdi, nima sabab?


Amerikaga qizamiq kasali qaytdi, nima sabab?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Tomosha qiling

Kaliforniyada boshlangan qizamiq epidemiyasi endi 14 shtatga tarqaldi. Nihoyatda xavfli kasallik birinchi Disneylendda qayd etilgan edi. Bugunga kelib 100 dan ziyod odam xastalangan, aksariyati Janubiy Kaliforniyada. Sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, qizamiq AQShda 2000-yilda yo’q qilingan edi. Ammo ayrim ota-onalar farzandlarini emlatmagani sababli kasallik yana qaytdi.

Sendi Roffman qizi Bruklinni emlatmagan. Bunga sabablari bor edi.

“Qizimga o’tkir limfoleykoz tashxisi qo’yilgan. Saratonning bu turiga qarshi ikki yil davomida kuchli kimyoviy muolaja olish kerak,” - deydi ona.

Bu esa odam immunitetini ishdan chiqaradi. Demak, emlash ham mumkin emas.

“Bila turib o’z farzandini turli kasalliklar yuqtirish xavfiga qo’yayotgan ota-onalarning borligi meni g’azablantiradi. So’nggi ikki yarim yildan beri xronik kasal bolaga qarayman. Ayrim odamlarning o’z bolasini xavf ostiga qo’yishini, shu bilan birga boshqalarni ham xavf ostiga qo’yishini hech tushuna olmayman”.

Roffman farzandlarini emlatishdan bosh tortadigan ota-onalarni nazarda tutmoqda.

Sog’liqni saqlash mutasaddisi Erik Xendlerning ma’lum qilishicha, Disneylenddan boshlangan qizamiq epidemiyasi endi boshqa shtatlarga ham tarqaldi. Kaliforniya shtatining Oranj okrugida 30 dan ziyod odam bu xavfli yuqumli kasallikka chalingan. Ulardan uchdan bir qismi – bolalar.

“Aksariyat bolalar emlangaman ekan,” - deydi u.

Xendlerning aytishicha, ota-onalar vaksinadan autizm yuqtirish mumkin, deb ishongan. Ammo bunday xavotirlar ko’p yillar oldin chop etilgan va bugunga kelib noto’g’riligi isbotlangan tadqiqotga asoslanadi. Farzandini emlatmayotgan ota-onalar esa aynan bolalar manfaatlaridan kelib chiqayotganini ta’kidlaydi.

“Emlatishning juda ko’p xavfli asoratlari bor. Lekin agar kasallikni yuqtirsa, so’gayishi mumkin,” - deydi Dotti Xagmayer ismli bir ona.

“Farzandini emlatmaslik qarorini ular internetdan, tanishlaridan olingan ma’lumotlarga asoslanib qabul qiladi, - deydi Xendler. - Ayniqsa badavlat odamlar yashaydigan mahallalarda bunday oilalar ko’p, lekin boshqa joylarda ham topiladi”.

Kaliforniyada bola maktabga chiqqanida emlangani haqida hujjat talab qilinadi. Ammo emlashga qarshi ota-onalar e’tiqodi sabab bunga qarshi ekanini aytib, ruxsat olishi mumkin. Shtat statistikasiga ko’ra, yoshi ikkidan to’rtgacha bo’lgan emlanmagan bolalar davlat bog’cha va maktablariga qaraganda xususiylarida ko’proq.

Sendi Roffman qizini san’atni o’rgativchi xususiy bog’chaga bermoqchi edi. Ammo iloji yo’q.

“O’qimishli rassomlar, san’at sohasi xodimlarining farzandlari boradi bu bog’chaga. Ularning 11 foizi emlatmaslikka ruxsat olgan. Bolamni shu bog’chaga bermoqchi edim. Ammo endi berolmayman,” - deydi ona.

Maktablarda emlatmaslikka ruxsatlar soni bir oz kamaygan. Xendler fikricha, bu shtatda o’tgan yili qabul qilingan yangi qonun natijasi. Qonunga ko’ra, ota-onalar ruxsat olishdan oldin shifokorga ko’rinishi kerak. Ham bola, ham jamiyat manfaatlari desangiz, farzandingizni emlating, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG