Breaking News

AQSh Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish harakatida


Davlat kotibi Jon Kerri (markazda) Bishkekda AQSh elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida qatnashdi, 31-oktabr, 2015-yil, Bishkek, Qirg'iziston.
Davlat kotibi Jon Kerri (markazda) Bishkekda AQSh elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida qatnashdi, 31-oktabr, 2015-yil, Bishkek, Qirg'iziston.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning besh respublikasida bo'lib, Afg`onistondagi vaziyat va o`zaro hamkorlikni muhokama qiladi. Ertaga Samarqandda mintaqa tashqi ishlar vazirlari yig'ilib, “C5+1” formatida muloqot o'tkazishi rejalangan. Ekspertlar AQSh yangi xavfsizlik loyihasi bilan chiqayotgani, mintaqada geosiyosiy raqobatning yangi bosqichi boshlanayotganini qayd etadi.

Jon Kerri Markaziy Osiyo bo'ylab safarda, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:04 0:00

AQSh va Markaziy Osiyo hamkorligini yangi formatda muhokama qilish uchun tashkil etilgan “C5+1” doirasidagi muzokarlarning brinchi bosqichi Samarqandda o`tishi kutilmoqda.

Jon Kerri mintaqa safari davomida bu muloqotga kiruvchi davlatlar Qirg`iziston, Qozog`iston,Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston prezidentlari bilan ham uchrashuvlar o`tkazishi rejalangan.

Bu davlat kotibining mintaqaga uyushtirgan ilk safari. Afg`onistonda vaziyat keskinlashishi barobarida amalga oshayotgan bu tashrif doirasidagi muzokaralar, asosan, xavfsizlik masalasiga, bu borada AQSh tomonidan beriladigan ko`makka qaratilishi kutilmoqda.

AQSh Afg`onistondan harbiylarini olib chiqish muddatini kechiktirdi. Mintaqa davlatlari, jumladan, O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov xalqaro qo`shinlarning Afg`onistondan olib chiqilishi vaziyatni izdan chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirib kelayotgan edi.

Markaziy Osiyoda O`zbekiston AQSh bilan yaqin hamkorlik o`rnatgan davlat sifatida baholanadi, “C5+1” doirasidagi birinchi uchrashuvning aynan Samarqandda o`tayotgani ham shu hamkorlik bilan bog`liq ko`riladi.

Afg`oniston muammolarini o'rganib kelayotgan rossiyalik ekspert Andrey Sirenkoga ko`ra, AQShni mintaqa davlatlari bilan yangi formatda muloqotga kirishayotgani nafaqat Afg`oniston, balki ayni paytda dunyo geosiyosatida kechayotgan ziddiyatli raqobatlar bilan ham bog`liq.

“AQSh mintaqaga nisbatan siyosatini qayta ko`rib chiqmoqda. Markaziy Osiyoga faqat Afg`oniston muammosi yechimi bilan bog`liq bir resurs deb qarash fikri o'zgarmoqda. Mintaqa geosiyosiy maydonda o`z o`rniga ega bo`layapti. AQSh mintaqaga yangi loyihalar bilan qaytmoqda. Taqdim etilayotgan yangi formatdagi muloqotni o`ziga xos tomoni shundaki, unda Rossiyaga o`rin yo`q. Davlat kotibining tashrifi dastlabki siyosiy tashabbus. O`ylashimcha, bunday signallar hali yana kutiladi. AQSh mintaqaga Rossiya va Xitoyga muqobil ravishdagi yangi xavfsizlik loyihasini taqdim etish niyatida”, - deydi Sirenko.

Mintaqa davlatlarining aksariyati Rossiya yetakchiligidagi ittifoq va tashkilotlarga a`zo. Bunday sharoitda AQSh taklif etayotgan xavfsizlik strategiyasi muvaffaqiyati haqida qanchalik gapirish mumkin?

“To`g`ri, mintaqa hozir tashqi yo`nalishda ikkiga bo`lingan. Aksariyat davlatlar Rossiya ta'siri ostida, harbiy, siyosiy hamkorlikka kirishgan. Ayrimlar Xitoyga orqa qilmoqda. O`zbekiston va Turkmanistondan iborat ikkinchi guruh ham Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikka tortilgan. Ammo bu hamkorlik, asosan, iqtisodiy loyihalardan iborat. Bu hamkorlikning siyosiy tobelikka aylanmasligiga alohida ahamiyat qaratishadi. Shunday ekan, mintaqada AQSh diplomatiyasi uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Xullas, Markaziy Osiyoda yana katta o`yin boshlanayapti. Ammo bu safargisi faqat Afg`onistonga bog`liq emas, mintaqaning o`zi uchun”, - deydi Andrey Sirenko.

Xalqaro huquq tashkilotlari AQSh Davlat kotibini Markaziy Osiyo bo`ylab safari davomida mintaqadagi inson huquqlariga oid vaziyatni ham muhokama qilishga chaqirmoqda.

Qirg`izistonda uchrashuvlar o`tkazgan Jon Kerri Boshkekda AQSh elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida qatnashgan. Prezident Atambayev bilan o`tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalasi muhokama qilingan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG