Breaking News

Amerikalik tahlilchilar Xitoy qudratini qanday izohlaydi?


Xitoyning iqtisodiy qudrati unga geosiyosiy ta’sirini yoyishda yordam berarkan, bu mamlakat Prezidenti Si Zinpin dunyo tartibini o’zgartirishga, jahon siyosiy sahnasida AQSh o’rnini egallashga intilmoqda.

Xalqaro hayot – 14-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:14 0:00

30 yil oldin Qo’shma Shtatlar Xitoyga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishda yordam bergan edi. Vashington Xitoy bilan faol savdo uning demokratlashishiga yordam beradi deya umid qilgan edi.

“Biz kommunistik tuzumning erkin savdo bilan nomutanosibligi Xitoy xulq-atvorining o’zgarishiga olib keladi deb o’ylagandik”, - deydi sobiq prezident Obama ma’muriyatida milliy xavfsizlik maslahatchisi bo’lib ishlagan Jeyms Jouns.

Biroq bunday umidlar puchga chiqdi, teskari natija berdi, deydi iste’fodagi general. Unga ko’ra, Xitoy o’g’rilik bilan, mug’ombirlik bilan, Amerika va G’arb xavfsizligiga darz solish bilan qudratga erishdi.

“Xitoy kibermaydonda intellektual mulkni o’g’irlayotganini bilamiz. Xitoy o’zini yumshoq qilib ko’rsatishga harakat qiladi. Gaplari muloyim va ma’noli. Ammo aldanib qolmasligimiz kerak. Ular mamlakatlarimizda imkon qadar ko’p Troyan otlarini qo’yib chiqishyapti”, - deydi Jouns.

NATO sobiq oliy qo’mondoni general Uesli Klarkning aytishicha, Xitoy Amerikaning xavfsizlik bobidagi uzoq muddatli ittifoqlarini izdan chiqarishni maqsad qilgan. Hozircha Pekin yaqin atrofdagi, Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar bilan va avvalambor Tayvan bilan shug’ullanmoqda, deydi u.

“Janubiy Xitoy dengizida biror tasodifga guvoh bo’lamiz deb o’ylayman. Qo’shma Shtatlar dengizda erkin harakatlanish tarafdori va buni jiddiy himoya qilamiz”, - deydi Jouns.

Xitoy Tayvan bilan aloqalarining ichki masala ekanini aytarkan, Vashingtonni bu ishga aralashmaslikka chaqiradi. Vashington-Pekin ziddiyatlari kuchayayotgan bir paytda vaziyat mavhumligicha qolmoqda, deydi general Klark.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG