Amerika va Xitoy xavfsizlikka doir muloqotni boshladi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson chorshanba kuni boshlangan muloqotga mezbonlik qilar ekan, Pekindan Shimoliy Koreyani murosaga chorlashni so'radi.

Amerika va Xitoy diplomatlari Vashingtonda xavfsizlikka doir maxsus muloqotni boshlab yuborgan. Ular, jumladan, global terrorizmga qarshi kurashdan tortib Pekinning Shimoliy Koreya bilan aloqalaridan foydalanish kabi mavzularni muhokama qilayapti.

AQSh va Xitoyning xavfsizlikka doir muloqotining birinchi kuni.

Bu uchrashuvdan bir necha kun oldin Shimoliy Koreya qamog'ida bir yildan beri qolayotgan amerikalik talaba Otto Varmbir vafot etgan.

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis Shimoliy Koreya rahbariyatini tanqid qilmoqda.

"Buni hech nima bilan oqlab bo'lmaydi", - deydi vazir. "Qonun ustuvorligi, insoniylikka mutlaqo zid bu", - deydi Mattis.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson chorshanba kuni boshlangan muloqotga mezbonlik qilar ekan, Pekindan Shimoliy Koreyani murosaga chorlashni so'radi.

"Moliyaviy qalloblik, kiber xurujlar va boshqa bo'ladimi, Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg'in quroli dasturini moliyalovchi manbalarni to'sishda yordam kerak", - deydi Tillerson.

Ayni damda Osiyo-Tinch okeanida vaziyat tarang, Janubiy Xitoy dengizidagi tabiiy zaxiralarga boy hudud regiondagi davlatlar o'rtasida talash.

Rasmiylar terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishini aytayapti. Qo'shma Shtatlar va Xitoy Iroq hukumatiga "Islomiy davlat" guruhi bilan kurashda yordam beradi.

Prezident Tramp shu yil Pekinga borishi kutilar ekan, AQSh-Xitoy muloqoti har ikki davlat uchun ustuvor masalalardan ekani aytiladi.

"Hamkorlikni oshirish, o'zaro tafovutlarga barham berish uchun muzokaraning o'zi yetmaydi", - deydi bosh diplomat Tillerson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG