Breaking News

Tayvan vitse-prezidentining AQShga tashrifi Pekin bilan ziddiyatlarga yana bir sabab


Tayvan vitse-prezidenti Uilyam Ley
Tayvan vitse-prezidenti Uilyam Ley

Tayvan vitse-prezidenti Uilyam Ley Paragvayga safari chog’ida 12-avgust kuni Nyu-Yorkda, qaytishda esa 16-avgust kuni San-Fransiskoda bo’lishi kutilmoqda. Xitoy orol rasmiysining AQShga bo’lajak tashrifini qoralamoqda.

Xalqaro hayot - 10-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:22 0:00

Uilyam Ley Tayvanda yanvar oyida bo’ladigan prezident saylovlarida peshqadam nomzod, Xitoy bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanini aytib keladi.

Pekin Tayvanni o’z hududi deb bilarkan, uni Xitoyga qo’shib olish rejasidan qaytgani yo’q. Tayvanning Pekin rejasiga qarshi siyosatchilari orol mudofaasini kuchaytirmoqda.

“AQShning “yagona Xitoy” siyosati o’zgargani yo’q. Tayvan rasmiysining tranziti birinchisi emas. So’nggi bir necha o’n yilda tayvanlik siyosatchilar AQSh hududi orqali ko’p marotaba qatnagan va buni g’ayrioddiy narsa deb ayta olmaymiz”, - dedi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Mettyu Miller.

AQSh Xitoy bilan aloqani buzgisi, Tayvan bilan esa uzgisi yo’q, deydi ayrim tahlilchilar.

“Tayvan va AQSh Xitoy eskalatsiyasiga turtki berishni istamaydi, ammo harbiy va iqtisodiy maqsadlarda o’zaro bordi-keldini saqlab qolishmoqchi. Vashington Tayvandagi bo’lajak saylovlarga aralashayotgandek bo’lib ko’rinishni ham istamaydi”, - deydi Vashingtondagi RAND korporatsiyasidan ekspert Reymond Kuo.

Pekin AQSh va Tayvan rasmiylarining muloqotiga hamisha e’tiroz bildirib keladi. Xitoy bilan tushunmovchilik kelib chiqmasligi uchun Qo’shma Shtatlar u bilan aloqa kanallari hamisha ochiq ekanini ta’kidlab keladi.

Kelasi oy Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkga borishi va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG