Breaking News

Agar Qo’shma Shtatlar Xitoyga tariflarni oshirsa va Xitoy importlariga cheklovlar qo’ysa, Pekin AQSh bilan savdo va biznes shartnomalarini bekor qilishi haqida ogohlantirmoqda. Yakshanba kuni ikki tomon rasmiylari shu mavzuda muzokara qildi.

Xalqaro hayot - 7-iyun, 2018-yil - AQSh va Xitoy savdo bobida kelishishga urinmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Pekindagi muzokaralar natija bermadi. AQSh Savdo vaziri Vilbur Ross yetakchiligidagi delegatsiya tarkibida Qishloq xo’jaligi vazirligidan ham rasmiylar bo’ldi. O’tgan yili AQShning Xitoy bilan savdo oborotida 375 milliard dollarlik kamomad qayd etilgan.

Qo’shma Shtatlar Xitoy Savdo vazirligi vakillari bilan kechgan muzokaralarda Pekin profitsitini tushirishga harakat qildi. Xitoy Amerikadan ko’proq mahsulotlar xarid qilishga rozi bo’ldi, ammo Vashingtondan Xitoy mollariga yangi tariflar va cheklovlar qo’ymaslikni so’radi.

“Agar AQSh bu shartimizni qabul qilmasa, muzokaralar davomida Qo’shma Shtatlar bilan erishilgan barcha kelishuvlarni bekor qilamiz”, - dedi Xitoy Xalqaro savdo uyushmasi vakili Li Yon.

Muzokaralarning o’tgan yakshanba kungi so’nggi davrasi yakunida Vilbur Ross va Xitoy bosh vaziri o’rinbosari Lyu Xe bilan qo’shma bayonot qabul qilinmadi, biroq Pekin keyinchalik o’z bayonotini chop etib, muloqot ijobiy ruhda o’tganini, muzokaralar chog’ida erishilgan kelishuvlar har ikki taraf tomonidan tasdiqlanishi kerakligini ta’kidladi. Xitoylik iqtisodchi Li Yon Pekin importlarni oshirmoqchi ekanini aytadi.

“Xorijdan mahsulotlarni xarid qilishni oshirish orqali Xitoy xalqining farovon hayotga erishishini va iqtisodiy taraqqiyot sifatini kuchaytirishni ta’minlagan bo’lamiz”, - deydi mutaxassis.

Tramp ma’muriyati Xitoydan har yili 50 milliard dollarga kelayotgan texnologiyaga doir mahsulotlariga 25 foizlik tarif joriy etilishi, Xitoyning 150 milliard dollarlik importiga boj to’lovlari oshirilishi haqida ogohlantirgan.

Pekin AQSh mahsulotlari, jumladan soya, makkajo’xori hamda amerikalik fermerlar Xitoyga olib chiqmoqchi bo’lgan boshqa mahsulotlarga nisbatan o’xshash choralar ko’rilishini bildirdi.

“Tariflar faqat fermerlarga zarar keltirmaydi. Butun jamoa, butun shtat, Amerikaning qishloq xo’jaligi hisobiga kun kechirayotgan yuqori o’rta g’arbiy hududlari jabr ko’radi. Hammamiz iqtisodiy jihatdan bir-birimizga bog’liqmiz”, - deydi Nebraska cho’chqachilik uyushmasidan Al Yunke.

Boshqalar esa, aksincha, AQSh foyda ko’radi, deydi.

“Qishloq xo’jaligi uzoq muddatli sanoat bo’lgani uchun uzoq muddatda, bizdan keyingi avlodlar bu siyosat mahsulini ko’radi”, - deydi Respublikachilar partiyasining Kentuki shtati bo’limi raisi Mak Braun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG