Breaking News

Juma kuni Gavanada AQSh elchixonasi ochiladi


AQShning Kubadagi elchixonasi
AQShning Kubadagi elchixonasi

54 yillik tanaffusdan so'ng AQSh bayrog'i yana Kubada hilpiray boshlaydi. Juma kuni Gavanada AQSh elchixonasi ochilmoqda. Davlat kotibi Jon Kerri marosimda ishtirok etadi. Bu 1945-yildan beri orolga qadam qo'ygan Amerikaning eng yuqori lavozimli rasmiysi bo'ladi.

Kubaliklar AQSh bilan munosabatlar tiklanganidan mamnun.

"Kubaliklar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda", - deydi gavanaliklardan biri.

Bundan hamma ham xursand emas. Bir vaqtlar kommunistik oroldan Amerikaga qochgan odamlar nazarida Kubada hali ham diktatura hukm surmoqda. Kubadan chiqqan amerikalik qonunchilar Obama ma'muriyatini elchixona ochilishiga kubalik dissidentlarni taklif etmagani uchun tanqid qilmoqda.

Kongressda Florida shtatidan vakil Mario Dias Balartning aytishicha, Kerri aslida taslim bo'lishni aks etuvchi oq bayroqni ko'tarishi kerak.

AQSh Kubadan inson huquqlarini yaxshilashni talab qilgan, bunga javoban Gavana bir necha siyosiy mahbuslarni ozod etdi. Biroq faollar nazarida bu yetarli emas.

Kubalik tadbirkorlar amerikalik sayyohlar hisobiga foyda qilishni ko'zlamoqda.

"Amerikadagi yaxt-klublar biz bilan aloqaga chiqishdi. Ular orolga sayr qilmoqchi", - deydi kubalik rasmiylardan biri.

AQShdan Kubaga charter aviareyslar bor. Yaqin kunlarda parom xizmati ham ish boshlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG