AQShning inson savdosi bo'yicha yillik xalqaro hisoboti chop etildi

  • Amerika Ovozi

Tailandda qamoqqa olingan uyg'ur bola

AQSh Davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha yillik hisobotiga ko'ra, Xitoyda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat kun sayin og'irlashmoqda.

Bu davlat odam savdosiga qarshi kurashning xalqaro normalari asosida minimal standartlarni bajarmagani hamda sezilarli qadamlar tashlamagani bois ro'yxat quyidan o'rin olgan. Unda ayniqsa uyg'ur musulmonlar kamsitilayotgani haqida keng ma'lumot beriladi.

Rossiyada ham huquq bobida ahvol achinarli. Shimoliy Koreya fuqarolarni mehnat lagerlarida saqlash va ishlatishdan voz kechmagan.

AQSh hisobotida odam savdosi bo'yicha vaziyat og'ir deb ko'rilgan mamlakatlar orasida Turkmaniston va O'zbekiston ham bor.

O'zbekiston odam savdosi uchun manba va manzil mamlakat, chunki erkak, ayol va hatto bolalar majburiy mehnatga tortiladi hamda jinsiy zo'ravonlikka uchraydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG