Breaking News

Tramp va demokratlar hibsxonadagi migrantlar yuzasidan tortishmoqda


Migrantlarning hibsxonalarda saqlanish sharoitlari Tramp ma’muriyati va Kongressdagi demokrat qonunchilar o’rtasida ziddiyatlarga sabab bo’ldi. Taraflar bir-birini chegarada inqirozni keltirib chiqarayotganlikda ayblamoqda.

Tramp va demokratlar hibsxonadagi migrantlar yuzasidan tortishmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Vitse-prezident Mayk Pens Texasda migrantlar bilan to’lgan hibsxonani ko’zdan kechirgani tasvirlangan video shov-shuvga sabab bo’ldi.

“Hozirgi tizim bilan muassasalarning to’lib toshishi oldindan ma’lum edi”, - dedi Pens.

Prezident Tramp jurnalistlarni hibsxonalarda antisanitariya holati va migrantlarga yomon muomala haqida soxta xabar tarqatayotganlikda aybladi. Uning aytishicha, odamlarning ko’pligi rost, ammo joylar toza.

Pens bilan Texasdagi muassasani ko’rgan “Vashington Post” muxbiri Josh Dozi Makallen hibsxonasidagi ahvolni boshqacha ta’rifladi.

U “Twitter” dagi sahifasida suratlar qo’yib, 384 ta erkak panjara ortida betonda uxlaganini ko’rganini, erkaklar tish pastasi, oziq-ovqat so’raganini, atrofni yomon hid bosganini aytadi. Muxbirning aytishicha, ba’zi erkaklar 10 va hatto 20 kunlab yuvinmaganini unga aytishgan.

“Bunday muassasalar chegaradagi tiqilinchga moslanmagan. To’rt oy bo’ldiki, har oy chegarada 100 mingdan ziyod odam ushlanadi”, - deydi AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbari Ken Kuchinelli.

Unga ko’ra, Kongress yetarli miqdorda pul ajratmagani bois chegaradagi hibsxonalar bu qadar ko’p odamlarni qabul qilishga tayyor emas.

“Kongress chegaradagi mutaxassislar ehtiyojini qondirsagina ishni uddalash mumkin”, - deydi Kuchinelli.

Ayrim demokrat qonunchilarning aytishicha, inqirozni Tramp ma’muriyati keskinlashtirgan.

“Hech kimga ozor bermagan, AQShda boshpana olish uchun qonuniy ariza bergan begunoh ayollar va oilalarni ushlashning hojati yo'q edi”, - deydi Nyu-Yorkdan Vakillar palatasiga saylangan demokrat kongressmen Aleksandriya Okasio-Kortez.

Respublikachilar demokratlarni muammoni hal etishda yordam taklif etish o’rniga siyosiy o’yinlarga berilganlikda ayblamoqda.

“Demokrat hamkasblarim nazarida, minglab noqonuniy migrantlar chegarada havodan birdan paydo bo’lib qolgan. Respublikachilar va ba’zi demokratlarning yillar davomida immigratsiya tizimini isloh qilishga qaratilgan chaqiriqlarimizga befarq bo’lishgan”, - deydi kongressmen ayol Debbi Lesko.

Prezident tarafdorlari migrantlar oqimini kamaytirish uchun immigratsiya tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG