Breaking News

AQShning Jenevadagi elchisi BMT anjumanini boykot qildi


AQSh delegatsiyasi 28-may kuni Jenevada bo’lib o’tgan qurolsizlanish bo’yicha anjumanni tark etib, Venesuelaning forumga raislikni qabul qilganiga shu tariqa norozilik bildirdi.

Xalqaro hayot - 29-may, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:37 0:00

Davlat departamenti rasmiylariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro vakolatini tan olmaydi, uning hukumatini noqonuniiy deb biladi.

BMTning qurolsizlanish bo’yicha anjumanida har oy bir a’zo davlatga o’tadigan muvaqqat raislik bu gal Venesuelaga tegdi, biroq AQSh elchisi Robert Vud majlisni tark etib, Maduroning vakili raislik kursisini tark etgunga qadar anjuman ishini boykot qilishini bildirdi.

“Bu kengashdagi bosh kursini muvaqqat prezident Xuan Guaydoning vakili egallashi kerak. Yaqin orada shunday bo’ladi ham degan umiddaman. Maduro rejimi o’lik holatga kelgan, tobutga yotgisi kelmayapti, xolos”, - dedi elchi Vud.

Qo’shma Shtatlar va yana 50 dan ziyod mamlakat muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni qonuniy rahbar deb biladi, biroq mamlakatni hamon saylangan prezident Maduro boshqarmoqda, harbiylar uni qo’llab-quvvatlayapti.
Venesuelaning qurolsizlanish masalalari bo’yicha elchisi Xorxe Valero AQSh delegatsiyasi harakatlarini qoraladi.

“Bunday aksil-diplomatik va qo’pol harakat nafaqat bu idora raisligiga, balki majlisda qatnashayotgan elchilar va diplomatlarga nisbatan ham hurmatsizlikdir”, - dedi u.

Pokiston, Shimoliy Koreya, Myanma, Kuba, Eron, Suriya va Rossiya elchilari Venesuelaning bu boradagi pozitsiyasini qo’llab-quvvatlab, AQSh harakatini zaruratsiz va sun‘iy ravishda siyosiylashtirilgan deb atadi.

AQSh elchisiga ko’ra, obro’sini yo’qotgan siyosatchilarning rahbarlikka kelishiga ko’z yumish xalqaro institutlarga solinayotgan haqiqiy tahdiddir.

“Ko’p tomonlama tizimning xavotirli tomoni shundaki, Venesuela, Suriya, Eron kabi davlatlar unda raislikni qo’lga kiritishi mumkin”, - dedi AQSh diplomati.

Lotin Amerikasida Guaydoni tan olgan Argentina, Braziliya, Chili va boshqa davlatlar anjumanda qatnashmaslikni afzal ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG