Ebola bilan olishgan Amerika askarlari uyga qaytadi
Amerika Ovozi
Ebola bilan olishgan Amerika askarlari uyga qaytadi
Prezident bugun Ebola epidemiyasi bilan olishish uchun G'arbiy Afrikaga safarbar etilgan harbiylarni vatanga qaytarish rejasini e'lon qiladi.
Prezident Barak Obama bugun Ebola epidemiyasi bilan olishish uchun G'arbiy Afrikaga safarbar etilgan harbiylarni vatanga qaytarish rejasini e'lon qiladi.
AQSh bu amaliyotlar muvaffaqiyatli kechganini e'tirof etayapti.
Liberiya, Senegalda ishlayotgan 1300 amerikalik askar apreldan boshlab uyga qaytadi. Epidemiyani jilovlashni uddaladik, deydi rasmiylar.
G'arbiy Afrikada taxminan 100 harbiy qolishi, Liberiya armiyasi bilan ishlashda davom etishi kutilmoqda.
Ebola o'tgan bir yilda qariyb 9 ming odamni hayotdan olib ketdi.
Biroq Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kasallikni butunlay yengish uchun hali qilinadigan ishlar bor, deydi.
Ebolaga qarshi global kurash
1/5"Lakeland Industries" kompaniyasi ishchilari himoya kiyimlarini tayyorlamoqda, Shandong provinsiyasi, Xitoy, 28-oktabr, 2014-yil.
Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
2/5AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pouer Syerra-Leoneda tashkil etilgan Tez yordam markaziga tashrif buyurdi, 27-oktabr, 2014-yil.
Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
3/5Filippin sog'liqni saqlash xodimlari Eboladan ogohlik oyligi doirasida o'tkazilayotgan mashg'ulotda himoya kiyimlaridan qanday foydalanishni o'rganmoqda, Manila, Filippin, 28-oktabr, 2014-yil
Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
4/5Shri Lankadagi Yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamshiralar himoya kiyimlaridan foydalanishni o'rganmoqda, Kolombo, Shri Lanka, 28-oktabr, 2014-yil.
Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
5/5Shimoliy Koreya aeroportlarida ham ebolaga qarshi tekshiruv choralari kuchaytirilgan, Pxenyan, Shimoliy Koreya, 28-oktabr, 2014-yil.
Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Previous slide
Next slide
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.