Breaking News

Amerika prezident uchun ovoz bermoqda

Qo’shma Shtatlar prezidentga ovoz berar ekan, poygada demokrat prezident Barak Obama va respublikachi Mitt Romni deyarli teng ketayapti. Millionlab fuqarolar erta ovoz berish imkonidan foydalanib, saylov byulletenlarini topshirib bo’lgan. Lekin aksariyat fuqarolar maktab, cherkov va boshqa joylarda ochilgan saylov uchastkalariga aynan bugun yo’l olmoqda.

Amerika prezident uchun ovoz bermoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00
Yuklab oling

Nomzodlar har bir shtatda saylovchilar kollegiyasi soni jihatidan yutishga harakat qilmoqda. Har qaysi shtat, aholisi soniga qarab, saylovchilar kollegiyasiga, ya’ni tanlovchilarga ega. Mamlakat bo’ylab ular soni 538 nafar. Qaysi nomzod 270 yoki undan ko’pini qo’lga kiritsa, o’sha g’olib bo’ladi.

Siyosiy ekspertlarning aytishicha, 50 shtatdan 40 tasi u yoki bu nomzodga astoydil xayrixoh. Qolgan 10 shtat hali kimni tanlashini bilmay turibdi, shu bois nomzodlar bor kuchini ana shu hududlarni o’ziga og’dirish harakatida.

Diqqat markazidagi shtatlar Ogayo, Florida, Virjiniya, Kolorado, Ayova, Nyu-Gempshir va Viskonsin. Tahlilchi Tom DeFrank so’zlariga ko’ra, ikkilanayotgan shtatlarda prezident Obama jindak ustunlikka ega.

“Lekin mazkur yetti, sakkiz yoki to’qqiz shtatda Obamaga moyillik arang, arang turibdi. Saylovchilar kayfiyati o’zgarishi hech gapmas,” - deydi DeFrank.

Obama Viskonsin, Ogayo va Ayova ahliga yutuqlarini takror-takror eslatmoqda. Amerika avtomobilsozlik sanoatini tanglikdan olib chiqdik, xavfli terrorchi Osama bin Ladenni yo’q qildik, lekin ko’zlangan boshqa maqsadlarga erishish uchun yana to’rt yil kerak, dedi u.

“Amerikani o’zgartirish yo’lida kurashimiz davom etadi. Bilamizki, bu yurt o’rta sinf farovon hayot kechiradigan, qattiq mehnat qilgan odamlar muvaffaqiyatga erishadigan makon bo’lishi shart. Amerikada qonunlar hamma uchun bir, hamma birday ishlab, hissa qo’shgan damlarda mamlakat eng ulkan cho’qqilarni zabt etganini siz ham, men ham bilamiz”, - dedi Obama.

Romni oktabr boshida, birinchi televizion debatda kuchli chiqish qilib, o’rtadagi farqni keskin qisqartirdi va Obama bilan reytinglarda tenglashib oldi hisob.

Romni Florida, Virjiniya, Ogayo va Nyu-Gempshir fuqarolari bilan ko’rishib, muvaffaqiyatli biznesmen va siyosatchi ekanini, davlatni oyoqqa turg’izishga qodir ekanini ta’kidlamoqda.

“Pishiq bir biznesni barpo etdim. Olimpiya o’yinlariga mezbon shtatni boshqarib, musobaqalarni oliy darajada o’tkazdim. Demokratlar bilan yelkama-yelka ishlab, Massachusets shtatida kamomadni daromadga aylantirdim. Ish o’rinlarini ko’paytirdim. Amerikani rivojlanish sari yetaklay olaman, meni saylang”, - dedi Romni.

Lekin tahlilchilar fikricha, prezident o’tgan hafta “Sendi” dovuli asoratlari bilan olishib, sharqiy shtatlarni kezib, matbuot sahifalaridan tushmadi va shu tariqa pozitsiyasini mahkamlab oldi.

Bundan tashqari, ishsizlik darajasiga doir so’nggi hisobotga ko’ra, mamlakatda ahvol sal yaxshilangan. Ish o’rinlari ko’payib borayotgani Obama saylov kampaniyasi uchun ijobiy xabar.

Virjiniya Universiteti olimi, Siyosat markazi rahbari Larri Sabato:

“’Sendi’ dovuli va ish o’rinlariga doir hisobot demokrat prezidentga turtki bergani rost”.

Lekin aksariyat ekspertlar deydiki, bugun kim g’olib bo’lishidan qat’iy nazar mamlakat yaqin kelajakda tarqoq bo’lib qolaveradi.

“Meni qiziqtirgan masala kim g’olib bo’lishi emas, balki g’olib davlatni boshqara olish-olmasligidir. O’sha arbob bizni bugungi tanazzuldan qutqara oladimi? Kamomadni qisqartirib, mamlakatni taraqqiyotga boshlaydimi? Qo’shma Shtatlar bugun g’oyat tarqoq va unga rahbarlik qilish o’ta mushkul vazifa bo’lib qoladi,” - deydi tahlilchi Deyvid Gergen.

Prezident saylovlari bilan birga Amerika 435 o’rinlik Vakillar Palatasiga ham ovoz beradi. 100 kishilik Senatda 33 o’rin ovozga qo’yilgan.

Vakillar Palatasida respublikachilar ustunlikni saqlab qolishi kutilmoqda. Lekin ayrim o’rinlar Demokratik partiyaga boy berilsa ajabmas. Demokratlar hukmron Senatda katta o’zgarish bo’lishi gumon deb hisoblaydi mutaxassislar. Hozir Senatda demokratlar 53, respublikachilar 47 nafarni tashkil etadi.

Amerika prezident uchun ovoz bermoqda

Nyu-Jersi shtati
1/10 Nyu-Jersi shtati
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Nyu-Jersi shtatida saylovchi ovoz berish uchun yol olmoqda
2/10 Nyu-Jersi shtatida saylovchi ovoz berish uchun yol olmoqda
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Florida shtati
3/10 Florida shtati
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Prezident Barak Obama Chikagodagi idorasida saylovchilar bilan telefonda
4/10 Prezident Barak Obama Chikagodagi idorasida saylovchilar bilan telefonda
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Nyu-York shtatida o'tgan hafta kuchli to'fon ostida qolib elektr quvvatidan ayrilgan saylovchilar chodirdan turib prezident uchun ovoz bermoqda
5/10 Nyu-York shtatida o'tgan hafta kuchli to'fon ostida qolib elektr quvvatidan ayrilgan saylovchilar chodirdan turib prezident uchun ovoz bermoqda
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Prezidentlikka nomzod Mitt Romni rafiqasi Enn bilan Massachusetts shtatida ovoz bermoqda
6/10 Prezidentlikka nomzod Mitt Romni rafiqasi Enn bilan Massachusetts shtatida ovoz bermoqda
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Virjiniya shtati
7/10 Virjiniya shtati
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Ogayo shtati
8/10 Ogayo shtati
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Prezident Barak Obama erta ovoz bergan. Natijalarni u bugun Chikagoda kuzatadi.
9/10 Prezident Barak Obama erta ovoz bergan. Natijalarni u bugun Chikagoda kuzatadi.
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Chikago
10/10 Chikago
Reytinglarga ko'ra, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni Oq Uyga saylanish uchun deyarli teng imkoniyatlarga ega.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG