Breaking News

Qurg’oqchilikdan kuygan dehqon Kongressdan yordam so’ramoqda


AQShda qurg’oqchilik chorvador va mirishkorlarga qimmatga tushmoqda. Buning ustiga dehqonlarga yordam bo’yicha qonunning amal qilish muddati tugab bormoqda. Kongressdan umid katta, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan fermerlar.

Illinoys shtatida fermer Mett Xyus bu yil har tomonlama og’ir keldi deydi:

“Eng muhimi – kelasi yilgacha chidash.”

Xyus qurg’oqchilikning ko’pini ko’rgan. Biroq ilgari dehqonlar hukumatdan bevosita moliyaviy yordam olardi - Fermerlar haqidagi qonunga ko’ra.

“Ob-havo yomon kelganida yoki kutilmaganida bozordagi vaziyat og’irlashganida, kelasi yilgacha yetib olish, choralar ko’rish, qattiqroq mehnat qilish imkoni bor edi”.

Ammo sentabr oyida yangidan qabul qilinishi kutilayotgan hujjatda dehqonga bevosita moliyaviy yordam berish haqida gap yo’q.

“Aksariyat fermerlar qonun yangilansin deydi”.

Dehqonlarni tabiiy ofatdan asrash uchun qonunga hosilni sug’urtalash haqida ham band kiritish kerak va uning uchun mablag’ni hukumat ajratsin, deydi fermerlar.

“Bizga eng kerakligi – hosil sug’urtasi”.

AQSh Vakillar palatasida Tom Jonson Qishloq xo’jaligi bo’yicha qo’mita a’zosi. Uning aytishicha, hujjat yaqin orada ovozga qo’yiladi.

“Fermerlar o’zi uchun ma’lum kafolatlar talab qilmoqda. Men ham bu talabga qo’shilaman. Qurg’oqchilikka qaramay qishloq xo’jaligidagi vaziyat yomon emas. Ammo narxlar oshyapti, xarajatlar ham katta. Shu sababdan ham fermerlarimiz tashvishda”.

Ammo taklifga qarshi chiqayotganlar sug’urta xarajati uchun hukumat pulni qayerdan oladi deya hayron.

Buning ustiga ko’chmas mulk va tovarlar narxi oshishi mumkin, deydi mutaxassis Terri Rogensak. Sug’urta masalasi murakkab, deydi u.

“Yer narxi baland. Shu bois ob-havo og’ir kelgan yili, hatto sug’urtasi daromadga bog’liq bo’lgan fermerlar ham daromadni yo’qotmaydi. Narxlar shu qadar balandki, hosil kamligi ularga uncha ta’sir qilmaydi. Ammo qiynalib qolganlar ko’p. Shunday ekan, bu masala hali uzoq muhokamada bo’ladi”.

Shu yil boshida Senat Fermerlar haqida qonunni qabul qildi. Unga binoan, fermerlarga bevosita moliyaviy yordam puli yo’q qilindi va hukumat hosil sug’urtasi uchun mablag’ ajratadigan bo’ldi. Bu bilan 23 milliard dollar tejaldi. Lekin qonun Vakillar palatasiga ma’qul kelmadi. Tortishuvlar davom etmoqda.

Dehqon va qonun, og'ir kunlarda yordam kerak/ Farm Bill in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG