Breaking News

Amerikada ovqatning 40 foizi isrof qilinadi


Shukronalik kunida kurka asosiy taom
Shukronalik kunida kurka asosiy taom
Noyabr va dekabr - Amerikada bayramlar mavsumi... Dasturxon tuzayotgan amerikaliklar yiliga qancha ovqat isrof bo’lishini bilsa yoqa ushlashi aniq. Mamlakatda ishlab chiqilgan yegulikning 40 foizi tashlab yuboriladi. AQShda bir guruh ovqatni xor qilmaslik, qaytaga yo’qsillarning qornini to’ydirish yo’lini qilib keladi.

AQShda ovqatning 40 foizi isrof qilinadi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00
Yuklab oling

Gregori Jouns Vashingtondagi Markaziy oshxonada kuniga 5 ming odam uchun ovqat pishiradi. Oshxona muhtojlar boshini silaydi.

Jouns kurka tovuq go’shti va sabzavotdan mazali taom tayyorlayapti.

Ishini yaxshi ko’radi. Hayotiga maza kiritgan ham shu kasbi. Narkomaniyadan qutulmoqchi bo’lib yurib, pishir-kuydirdan dars oldi. Hayoti izga tushdi.

“Menga qilgan yaxshiliklarini qaytarish uchun mehnat qilayapman endi”,- deydi u.

Markaziy oshxona rahbari Mayk Kurtin Jounsning hayotini faxr bilan misol tariqasida keltiradi.

“Hech bir narsa yoki xislat isrof bo’lmasligi kerak. Xoh yegulik, xoh iste’dod. Biz oshxonani ham, xodimlarni ham qadrlaymiz”,- deydi u.

Chiqit ko’lamini ko’rib odam hayratdan yoqa ushlaydi. Rasmiy hisoblarga qaraganda, har yili xonadon, restoran va fermalarda yeyishga yaroqli, qiymati 165 milliard dollar ovqat tashlab yuboriladi.

Holbuki, deydi Tabiiy zaxiralarni himoya qilish kengashi vakili Dana Gunders, har olti amerikalikdan biri to’yib ovqat yemaydi, bunga puli yo’q.

“Oziq-ovqat chiqitini 15 foizga kamaytirsak, bu Amerikada 25 million odamni taom bilan ta’minladik deyish bilan barobar”.

Chorak asrdan oshibdiki, Markaziy oshxona shunga erishish uchun ishlayapti. Do’kon, restoran va fermalarni aylanib, ortib qolgan, lekin sifatli mahsulotni terib olmoqda.

Mahalliy dehqon Karl Breydi ikki tonna qovoqni sotolmay qoldi. Mavsum esa o’tib borayapti.

“Tayyor mahsulotni tashlashga hech qo’lim bormaydi. Joyi topiladi doim”,- deydi u.

Bir dehqonning yordami bilan Markaziy oshxonaning muzxonasi mahsulotga to’ladi. Qarabsizki, poytaxt atrofidagi ta’lim maskanlarida yo’qsil oila farzandlari kechki payt tanovul qilish imkoniga ega bo’ladi.

Bu bolalar uyida doim ham to’yib ovqatlanmaydi, deydi muallima Denis Leysi.

“Kechki payt tanovul qilishni odat qildik. Ko’p bolalar kam daromadli oiladan. Bu bir yordam-da”.

Vashingtondagi Markaziy oshxona rahbari Mayk Kurtin kunni sarhisob qilayapti. Bu maskanda mehnat qilayotgan insonlar o’zi ham og’ir kunlarni boshidan kechirgan. Shunday ekan, kimnidir to’ydirib, xursand qilsak, biz mamnun, deydi u.

Isrofgarchilikka qarshi kurash/American food waste
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG