Breaking News

2015-yil AQSh tashqi siyosatida nimalar kutilyapti?


AQSh rahbari Barak Obama
AQSh rahbari Barak Obama

2015-yil xalqaro maydonda AQShni yangi muammo va vazifalar kutmoqda. O'tgan yili nihoyasiga yetmagan ko'plab ishlar bu yil ham davom ettiriladi. Prezident Barak Obamaning so'nggi ikki yillik tashqi siyosatida, asosan, qaysi masalalar o'rin olishi kutilyapti?

2015-yilda AQSh tashqi siyosati, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

Dekabrda Prezident Obama Amerikaning eng uzun urushiga yakun yasadi.

Ammo AQShning Afg'onistonga yordami davom etadi, deydi Pentagon rasmiylari.

"31-dekabr kuni biz butunlay tark etamiz, degani emas bu. Hanuz bu yerda ishlashni davom ettiramiz", - deydi Pentagon so'zlovchisi Jon Kirbi.

Afg'onistonda qolayotgan 10 ming amerikalik askar terrorizmga qarshi kurash, maslahatchilik, havodan yordam berish kabi missiyalarni amalga oshiradi. Tolibon hujumlari kuchayayotgan bir paytda afg'onlar shunday yordamga muhtoj.

AQSh "Islomiy davlat" nomi ostidagi terrorchilarga qarshi kurashni ham davom ettiradi. Guruh 2014-yilda Iroq va Suriyaning katta hududlarini tez qolga kiritishi va g'arbliklarni shafqatsizlarcha qatl etishi bilan dunyoni larzaga soldi.

Jangarilarga qarshi havo hujumlari yordam beryapti, deydi kuzatuvchilar.

"Iroq va kurd armiyasi AQSh yordami bilan 2015-yilda muvaffaqiyatga erishadi", - deydi Yaqin Sharq instituti tahlilchisi Pol Salim.

Shuningdek, joriy yilda AQSh va dunyoning yana besh yetakchi davlati yadro dasturi bo'yicha Eron bilan kelishuvga erishishi kutilmoqda. Muzokarachilar yangi muhlat - iyulgacha so'nggi bitimni imzolashi kerak.

"Muhlatni uzaytirganimiz muloqot osonlashadi, degani emas. Ular doim qiyin bo'lgan va bundan keyin ham murakkab bo'ladi", - deydi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

Respublikachilar nazoratidagi Kongress ham Obama ishini qiyinlashtiradi, deydi tahlilchilar.

"Kongress a'zolari Eronga yangi jazo choralarini joriy etishga shay. Buning oqibatlari og'ir bo'lishi mumkin", - deydi Brukings instituti tahlilchisi Robert Eynhorn.

Ko'proq sanksiya va ziddiyatlarga yuz tutayotgan yana bir davlat bu Rossiya. Ukrainadagi ayirmachilarni qo'llagani uchun Amerika joriy etgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda. AQSh rasmiylari Ukraina ixtilofini ijobiy hal etish ahdida qat'iy.

"AQSh-Rossiya munosabatlariga hech kim bee'tibor emas. Biz uni yaxshilashimiz kerak", - deydi Davlat kotibi o'rinbosari yordamchisi Erik Rubin.

Vashingtonga ko'ra, agar Rossiya askarlarini Ukrainadan olib chiqsa, jazo choralari ko'tariladi.

Shimoliy Koreya yana bir og'riqli masala. Qo'shma Shtatlar xulosasiga ko'ra, noyabr oyida "Sony" kinokompaniyasiga uyushtirilgan kiber-xuruj ortida Pxenyan turibdi. Shu bois Obama Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar tatbiq etilishi haqida ma'lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG