Breaking News

AQShning sharqiy qismini qahraton qish urdi


AQShning sharqiy qismini qattiq sovuq urgan. Haroratning keskin tushishi oqibatida “bomba sikloni” deb nomlangan kuchli tropik dovul nafaqat Atlantika okeani bo’yida joylashgan shtatlarni qaqshatdi, balki qishda deyarli qor ko’rmaydigan shtatlarni oqqa burkadi.

Nyu-York shahri ko’chalarida tozalash ishlari avjida.

“Ahvol og’ir, lekin nima ham qilardik, ishni tugatish kerak”, - deydi xizmatchilardan biri.

Biroq bunday ob-havo shaharliklarni ham, mehmonlarni ham cho’chitgani yo’q.

“Biz uchun yangilik bu. Albatta, har yili takrorlanishini istamagan bo’lardim. Avstraliyadagi iliq havoni sevaman juda”, - deydi sayyoh.

Payshanba kuni Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qilindi. Fuqarolarga transportda yo’lga chiqmaslik tavsiya etildi.

“Bu juda ham xavfli. Ehtiyot bo’lish zarar qilmaydi. Zaruratsiz yo’lga chiqmang”, - dedi gubernator Endryu Kuomo.

Yo’l muzlagani bois Jorjiyada 300 yo’lovchilik poyezd relsdan chiqdi. Qurbonlar bo’lmadi. Janubiy shtatlarda to’satdan yog’gan qor haydovchilarni sarosimaga solib, ko’plab avtohalokatlarga sabab bo’ldi.

“Tajriba bo’lmaganidan keyin shunaqa bo’ladi-da. Yo’llarga tuz sepishmagan, chunki bunday ahvolga juda kam tushamiz”, - deydi Trey Delamar.

Qordan janubga qochgan oilalar ham sarosimaga tushdi.

“Janubda havo issiq, maza qilamiz deb, sovuq va qorli Chikagodan ta’tilga chiqqan edik, ammo yana qorga duch keldik”, - deydi Jessika Rufus.

Sovuqqa o’rganmagan floridalik uysizlar ko’chadan maxsus boshpanalarga ko’chishga majbur bo’ldi.

Dushanba kuni havoning iliqlashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG