Breaking News

Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash


Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash
Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash

AQShning Pensilvaniya shtati - tabiiy gaz makoni. Bu xazinani yer qa’ridan olib chiqish uchun gidravlik texnologiya qo’l kelmoqda.

Ya’ni, ximikatlar bilan to’yintirilgan suv yer ostiga yuboriladi. Ammo bu usulning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’siri haqida ma’lumot oz.

Kim Makevoy va Janet Makintayer neft kompaniyalari dastidan ko’p aziyat chekkanini aytadi. Suvimizni zaharlashdi, turli xastaliklarga duchor bo’ldik, deydi ular. Faollar bir-birining uyida yig’ilishib, maslahatlashib, chora ko’rishga ahd qilgan.

“Shahrimizga kelib, gaz qazishni boshlashganidan beri suv yo’q”, - deydi Makevoy.

Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash
Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash

“Faqat o’z karmonini o’ylaydigan bu kompaniyalarning adabini berib qo’yish kerak. Charchadik hammasidan”, - deya qo’shadi Makintayer.

Fuqarolar kurashni bir yilcha oldin boshlab yuborgan. Rex Energy kompaniyasi uyimiz yonida 10 ta quduq qazidi, chiqindi hovuzlar barpo etdi, krandan qop-qora suv keladigan bo’ldi, deydi Makevoy.

“Tirnoqlarim egri o’sa boshladi. Sochim to’kildi. Boshim aylanardi”.

Testlar shuni ko’rsatdiki, Makevoyning uyidagi suv tarkibida mishyak va og’ir metallar ko’p ekan. Shuningdek, toluol, kimyo sanoatida ishlatiladigan zaharli modda aniqlandi. Oradan bir necha oy o’tib, “suvingiz toza, ichsa bo’ladi” deb aytishdi.

Lekin fuqarolar gaz kompaniyasi bergan raqamlarga ishonmaydi. Ikki ayol o’tgan bir yildan beri shahar ahlini, qo’shnilarni ogoh qilish bilan band.

“Ular qilmishi uchun javob berishi kerak. Shuning uchun barchani faol bo’lishga undayapmiz. Qo’limizdagi ma’lumotni ulashib, gaz qazish loyihalarini to’xtatish uchun nima kerak bo’lsa qilamiz”, - deydi Kim Makevoy.

Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash
Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash

Hozirda Amerikaning 32 shtatida gaz qazib chiqarishda aynan gidravlik texnologiya qo’llanilyapti. Mavzu yaqinda Vakillar Palatasida muhokama qilindi.

Ogayodan saylangan Bob Gibbs gaz sanoatini yoqlaydi, chunki uning shtati uchun bu daromad, ish o’rinlari degani. Pensilvaniya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Maykl Krenser qonunchilar savollariga javob berdi.

Krenserning aytishicha, gidravlika yer osti suvlarini zaharlaydi, degan bayonotlar asossiz. “Buni tasdiqlovchi hollar hozirgacha qayd etilmagan”.

Biroq AQSh atrof-muhitni himoya qilish agentligi chiqargan hisobotda shuning aksi ta’kidlanadi. Uch oylik tadqiqot natijalariga ko’ra, quduq qazishda qo’llaniladigan ximikatlar Vayoming shtatida yer osti suvlarini zaharlagan.

Pittsburg Universiteti professori Bernard Goldshteyn bu masalada ko’p izlangan olimlardan.

Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash
Amerika shahar-qishloqlarida toza havo va suv uchun kurash

“Qo’limizda ma’lumot yetarli emas. Lekin biz tadqiqotlar natijasini kutmasdan olg’a ketayapmiz. Gaz zaxiralari yo’qolib ketmaydi. Nega shoshamiz? Masalani oldin o’rganib chiqaylik”, - deydi professor.

Atrof-muhitni himoya qilish agentligi yaqin orada yakuniy xulosalarini e’lon qilishi kerak. 2010-yilda Kongress gaz qazishning ko’p munozaraga sabab bo’layotgan usullarini o’rganib chiqishni so’ragan edi. Janet Makintayer kurashni davom ettiramiz, deydi.

“Neft kompaniyalari shahrimizga kelib, suvimiz, havomizni bulg’ashdi. Tuzatib berishsin!”

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG