Breaking News

Amerikaliklar “nima yeyayotganimizni bilaylik” deydi


Genetik jihatdan o'zgartirilgan mahsulotlar - Genetically modified products
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

Genetik jihatdan o'zgartirilgan mahsulotlar - Genetically modified products

Genetik jihatdan o’zgartirilgan moddalarga aholining qarshiligi oqibatida yaqinda AQSh qonunlari ham o’zgarsa ajab emas. Konnektikut va Meyn shtatlarida oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi ochiqchasiga ma’lum qilinshini ko’zda tutadigan qonunlar qabul qilindi. Ishlab chiqaruvchilar jamoatchilik bosimi ostida.

AQShda Genetikasi o’zgartirilgan mahsulotlarga qarshilik - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:04 0:00
Yuklab oling

Bunday mahsulotlar supermarketlarda sotiladigan oziq-ovqatning 80 foizini tashkil etadi. Ammo ularga yopishtirilgan qog’ozlardan buni bilish imkoni yo’q, deydi Nikolas Shiller, “Amerika Ovozi” ga qo’lidagi narsani ko’rsatar ekan.

“Mana buning tarkibida makka jo’xori bor. Genetikasi o’zgartirilgan jo’xori. Qatiq ham solingan. U esa genetikasi o’zgartirilgan yem yegan sigir sutidan qilingan”.

Bu inson salomatligi uchun zarar, deydi Shiller.

“Ota-bobolarimiz bunday mahsulotlarni iste’mol qilmagan. Oziq-ovqat turli kasalliklarga sabab bo’layapti. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan kompaniyalar “bemalol yeyavering, xavfsiz”, deydi-yu, lekin tarkibini oshkor etmaydi", - deydi u.

AQSh fanlar akademiyasidan tortib Jahon sog’liqni saqlash tahskilotigacha genetik jihatdan o’zgartirilgan moddalarning salbiy ta’siri yo’q deb keladi.

Hukumat ham xavotirga hojat yo’q, deya hisobot bermoqda.

Shunday ekan, nima sabab tekshiruvlar natijalari oshkor etilmaydi, deya qiziqadi Shiller.

“Biron ma’lumotni to’la oshkor etmasa, odamlar oshkoralikni talab qila boshlaydi. Aniq-tiniq aytinglar bizga, deydi. Ma’lumot maxfiy saqlanar ekan, odamlarda shubha tug’ilishi tabiiy. Bu shubhali emas, deyolmaysiz-da”.

Keti Enrayt soha homiyligida faoliyat yuritadigan Biotexnologik informatsiya kengashi rahbari. Yaqinda hammasi oshkor etiladi, deydi u.

“Bizdan ma’lumotlarni ko’rsatinglar, deb talab qilishgan. Biz uni yaqinda jamoatchilikka taqdim etamiz”.

Ma’lumotni yaqinda GMOAnswers.com yangi internet sahifasida topish mumkin bo’ladi.

Allaqachon shunday qilinishi kerak edi, deydi Enrayt.

“Bu haqda 20 yil oldin gapirishimiz kerak edi”.

Genetik jihatdan o’zgartirilgan mahsulot deyilsa odamlar hamon shubhalanadi. Sanoat xalq ishonchini qozonish uchun astoydil harakat qilishga majbur.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG