Breaking News

Amerika nima uchun huquq va erkinlikni targ'ib qiladi? 


AQSh nega huquqqa urg'u beradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

AQSh nega huquqqa urg'u beradi?

Amerika uchun dunyo bo'ylab inson huquqlari va erkinlikni targ'ib qilish azaldan asosiy maqsadlardan biri bo'lib kelgan. Repressiv tuzumlar nazarida, erkinlik urug'ini sochish bahonasi bilan AQSh boshqa davlatlarni o'z nazoratiga olishga urinadi.

Demokratik tuzumlar esa aksincha, Amerika hurlik va adolat timsoli deya u bilan birga. Xo'sh, Vashington uchun huquq masalasi nega bu qadar muhim? Davlat kotibi muovini Tom Malinovskiydan so’radik.

“Bu haqda tinmay gapirishimizdan maqsad - huquq toptalishini to’xtatish. Dunyoda son-sanoqsiz insonlar shunchaki hurmat-e’tibor istaydi. Biz ularning orzu-istaklariga jo’r bo’lamiz”, - deydi Malinovskiy.

“Dunyo tinch va farovon bo’lsin deymiz. Hukumatlar va xalqlar bir-biri bilan shunday munosabat qursinki, zo’ravonlik va berqarorlik bo’lmasin. Isyon va to’ntarishlar bo’lmasin. Qonli ekstremizm va boshqa muammolar ildiz otishiga imkoniyat berilmasin”, - deydi diplomat.

“Isbot talab qilmaydigan fakt shuki, rahbarlari demokratik tarzda saylangan, so’z va matbuot erkinligi hamda e’tiqod erkinligini ardoqlaydigan jamiyatlar bunday muammolar bilan kamdan-kam hollarda yuzlashadi. Shunday ekan, huquq himoyasi nafaqat to’g’ri ish, balki bizning manfaatlarga javob beradi. Osoyishta hayot istaydigan jamiki insonlar ham bu fikrga qo’shiladi deb o’ylaymiz", - deydi AQSh davlat kotibi muovini Tom Malinovskiy.

AQSh Davlat kotibi muovini Tom Malinovskiy
AQSh Davlat kotibi muovini Tom Malinovskiy

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG