Breaking News

Noqonuniy muhojirlar AQShdan deportatsiya qilinadi


Texasdagi muhojirlar markazida
Texasdagi muhojirlar markazida

AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati may va iyun oylarida reydlar o'tkazib, markaziy amerikalik noqonuniy muhojirlar, xususan onalar va bolalarni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalamoqda.

Bir oylik reydlar davomida aniqlangan yuzlab noqonuniy ona-bola muhojirlarga AQShni tark etish kerakligi aytilgan.

AQSh Immigratsiya va bojxona boshqarmasi so’zlovchisi Jennifer Elzi “Ichki xavfsizlik vazirligi qonunlarimizning amal qilishini kafolatlashi kerak”, deb bayonot berdi.

“Bu amaliyot Ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson buyrug’i bilan yanvardan martgacha olib borilgan operatsiyalarning davomi”, - dedi u.

Birinchi navbatda mamlakatga 2014-yil 1-yanvardan keyin kelganlar deportatsiya qilinadi.

Immigratsiya xizmati tomonidan 121 odam hibsga olindi. Ular 2014-yil may oyidan buyon uyushtirilgan birinchi reydda qo’lga tushirilgan va, rasmiylarning bildirishicha, Texas, Jorjiya va Shimoliy Karolinadagi hibsxonalarda saqlanmoqda.

“Ular [mamlakatda qolish uchun] barcha qonuniy yo’llardan foydalanib bo’lgan”, - degan edi Jonson yanvar oyida.

Tahlilchilarning aytishicha, Markaziy Amerika mamlakatlarida jinoiy guruhlarning faollashgani odamlarning AQShga noqonuniy kelayotganiga asosiy sababdir.

Reydlar boshlanganidan buyon, xususan yanvardan mart oxirigacha noqonuniy migrantlar soni ancha kamaygan, deydi chegara xizmati.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG