Breaking News

AQSh Hindistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam beryapti


Hindistonda koronavirus yuqtirish sur’ati kuchayar ekan, 4-maydan boshlab Hindistondan AQShga parvozlar cheklanadi. Bayden ma’muriyati bu mamlakatga yordam uzatmoqda.

Xalqaro hayot – 3-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:58 0:00

Xususan, shaxsiy himoya vositalari, kislorod, test to’plamlari, niqoblar va hokazo.

“Hindistonda koronavirusning boshqa turlari tarqalayotganidan, odamlar nobud bo’layotganidan, pandemiyaning ikkilamchi ta’siridan xavotirdamiz”, - deydi milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan.

Ayni paytda Hindistonda salkam 20 million odamda koronavirus aniqlangan bo’lsa, o’lganlar 219 mingtaga yaqin.

AQShda shu kungacha aholining uchdan biri to’liq emlangan. Ba’zi shtatlar vaksinaga ortiq ehtiyoji yoq’ligini bildirarkan, Bayden ma’muriyati Amerikada hozircha tasdiqdan o’tmagan “AstraZeneka” kompaniyasi vaksinasining 60 millionta dozasini boshqa mamlakatlarga yubormoqchi.

Sog’liqni saqlash mutasaddilari AQSh hukumatini Hindiston va boshqa davlatlarga yordamni oshirishga chaqirmoqda.

“Hindistonga virusni jilovlashda yordam berishimiz kerak. Bu insonparvarlik, geosiyosiy, tibbiy tomondan to’g’ri bo’ladi. Bundan tashqari, epidemiyaning bu qadar kuchayishi virusning boshqa turlari paydo bo’lishiga yetarlicha muhit bo’lishi mumkin”, - deydi Braun universiteti dekani Ashish Jxa.

Oq uyning bildirishicha, Qo’shma Shtatlar Hindistonga “AstraZeneka” vaksinasini tayyorlash uchun 20 million dona xom-ashyo yuborgan.

Senator Berni Sanders va yana bir necha qonunchiga ko’ra, boshqa mamlakatlar o’ziga tez va yetarli miqdorda vaksina ishlab chiqarishi uchun Bayden ma’muriyati vaksinalarga qo’yilgan patentlarni yumshatishi kerak. Farmatsevtika kompaniyalari bunga qarshi.

Oq uy yaqin kunlarda bu masala yechimiga doir siyosatini ma’lum qilishi kutilmoqda.Bayden inson huquqlarini amalda ham himoya qiladimi?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG