Breaking News

AQSh matbuoti Rossiyadan olib chiqilgan informator haqida xabar berdi


AQShning “Nyu-York Tayms” gazetasi va CNN televizion axborot kanalining xabar berishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 2017-yilda Rossiyadan muhim informatorini mamlakatdan olib chiqishga majbur bo’lgan.

Xalqaro hayot - 10-sentabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:30 0:00

Xabarlarga ko’ra, Kremlda ishlagan bu odam tahlillari asosida Prezident Vladimir Putin AQShda 2016-yil prezident saylovlariga aralashishni buyurgani xulosa qilingan.

Amerika matbuoti informatorning ismini oshkor etmadi, biroq rossiyalik jurnalistlar uning Oleg Smolenkov ekanini aniqlashga muvaffaq bo’lgan.

AQSh manfaatlariga xizmat qilgan odamning Smolenkov ekanini Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Smolenkov Rossiya prezidenti idorasida ishlagan, biroq u bu lavozimga Putin tomonidan tayinlanmagan, prezident bilan muloqotda bo’lish vakolatiga ega bo’lmagan. Peskov bu rasmiyning bir necha yil oldin lavozimidan bo’shatilganini aytdi, biroq sabablariga to’xtalmadi.

“AQSh matbuotida bu odamning qutqarilishi, Rossiyadan pinhona chiqarilishi haqidagi xabarlar detektiv asar turkumiga kiradi”, - dedi Peskov.

CNN kanaliga ko’ra, AQSh Prezidenti Donald Trampning maxfiy hujjatlar bilan ishlashdagi no’noqligi Rossiyadagi josusning fosh etilishiga sabab bo’lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni oshirishi ketidan Markaziy razvedka boshqarmasi uni Rossiyadan olib chiqqan. Biroq boshqarma xabardagi bunday talqinga e’tiroz bildirdi.

“Nyu-York Tayms” gazetasi esa josusning evakuatsiya qilinganini Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashgani haqida ma’lumot uzatgan Kremldagi manbaga oid xabarlar matbuotda chiqa boshlagani bilan bog’ladi.

Xabarlarda aytilishicha, natijada AQSh razvedkasi xabarchisidan ayrilib, Kremlda bundan keyingi jarayonlar, Rossiyaning boshqa saylovlarga aralashish rejalaridan bexabar qoldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG