Breaking News

AQSh va Eron mahbus almashdi


AQShning Eron bo’yicha maxsus vakili Brayan Xuk va Eron qamog'idan ozod etilgan Van Siyue Syurix aeroportida, 7-dekabr, 2019-yil

Bir necha kun oldin AQSh va Eron mahbus almashdi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida Tehron josuslikda ayblanib qamoqda o’tirgan amerikalik talaba Van Siyueni, AQSh esa Eronga qarshi sanksiyalarni buzganlikda ayblanib ushlangan eronlik biolog Ma’sud Sulaymoniyni ozod etdi.

Xalqaro hayot - 12-dekabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:58 0:00

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Twitter” orqali Eronga minnatdorchilik bildirib, ikki mamlakat kelisha olishini aytdi.

Mahbus ayirboshlash o’tgan hafta Shveysariyada bo’lib o’tdi. AQSh va Eron o’rtasida diplomatik aloqalar yo’q ekan, Shveysariya hukumati vositachi rolini bajarib kelmoqda.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo shu bahonada Eron bilan muloqot boshlashga umid qilmoqda.

“Konsullik masalalariga doir kengroq muhokamaga yo’l ochiladi degan umiddaman. Eronda yana bir necha amerikalik saqlanmoqda. Soni ko’p, buni aniq bilaman. Ularni ozod etish yo’lidagi tashabbuslarni davom ettirish harakatidamiz”, - dedi u.

Mahbus ayirboshlash jarayonida bo’lgan AQShning Eron bo’yicha maxsus vakili Brayan Xukning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, 2016-yilda Eronda qamalgan Prinston universiteti doktoranti Van Siyue Erondagi qolgan amerikalik mahbuslarni ozod etishda Vashingtonga hamkorlik taklif etgan.

“Eron qamoqxonalarida Bob Levinson, ota-o’g’il Namoziylar kabi ko’plab amerikaliklar bor. Siyue ularning ozodligi uchun harakat qilishini aytdi”, - deydi Xuk.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif uning mamlakati kollektiv mahbus ayirboshlashga tayyor ekanini aytdi.

Brayan Xukning aytishicha, buni ovoza qilish shart emas.

"Tinch diplomatiya yo’li bilan amerikaliklarni vataniga qaytarmoqchimiz", - dedi u.

AQSh sanksiyalari diplomatik bosimning bir turi. Qo’shma Shtatlar Eronning yirik yuk tashuvchi kompaniyasi va xususiy “Mahan” aviakompaniyasining uch xodimini Yamanga noqonuniy ravishda qurol yetkazganlikda ayblab, shu hafta bu ikki kompaniyani qora ro’yxatga qo’shdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG