Breaking News

AQSh Kongressi Eronda namoyishlarning bostirilganini qoraladi


AQSh Kongressi Vakillar palatasi Eronda namoyishlarning bostirilganini qoralab rezolyutsiya qabul qildi.

Eronda so’nggi bor namoyishlar 2009-yilda bo’lgan. 2017-yil oxirida odamlar yana ko’chaga chiqdi. Yuzlab odam hibsga olindi. AQSh Kongressi chiqishlarning bostirilganini qoralamoqda.

“Amerika Eron xalqi bilan birdam. Bo’layotgan voqealarga jim qarab turolmaymiz”, - dedi respublikachi qonunchi Ed Roys.

Eron Oliy diniy raisi Oyatulla Ali Xomeneiyning aytishicha, hukumat o’z xalqini Amerikadan va “Twitter”dan boshi chiqmaydigan Prezident Trampdan yaxshiroq biladi. Tez kunlarda Senat ham o’xshash qaror chiqarishi kutilmoqda.

“Sanksiyalarimiz Eron xalqiga qarshi qaratilmagan. Biz xalqni ezayotgan, vaziyatni beqarorlashtirayotgan rejimni nishonga olyapmiz”, - dedi kongressmen Roys.

AQSh prezidenti Eron bilan 2015-yilda imzolangan xalqaro yadroviy shartnomani har 60 kunda tasdiqlab turishi kerak.

AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pensning aytishicha, Oq uy Kongress bilan hamkorlikda Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi.

Demokrat Senator Ben Kardinga ko’ra, sanksiyalar yadroviy bitimga zarar qilmasligi kerak.

“Buni ta’minlash maqsadida yevropalik hamkorlarimiz bilan maslahatlashishimiz zarur”, - dedi qonunchi.

Demokrat kongressmen Bred Shermanning aytishicha, Eron yadro dasturini cheklashga qaratilgan shartnomani imzolagani uchun Amerika bu mamlakatda inson huquqlari keskin poymol bo’layotganiga ko’z yumishi kerak degani emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG