Breaking News

AQSh: Eron bilan urush tarafdori emasmiz


Davlat departamenti matbuot kotibasi Morgan Ortagus

AQShning mudofaa va xavfsizlik bobidagi yetakchi rasmiylariga ko’ra, Eron Yaqin Sharqda AQSh va ittifoqchilariga qarshi qator hujumlarni boshlashga tayyorlanayotgani ma’lum bo’lgach, Qo’shma Shtatlar mintaqada harbiy salohiyatini oshirishga qaror qildi. Prezident Tramp Eron bilan urush boshlash niyatimiz yo’q, deb keladi.

Xalqaro hayot - 30-may, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:15 0:00

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi Jon Bolton Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chog’ida Yaqin Sharqda harbiy salohiyatni oshirish qarorini izohlab berdi.

Bolton Eron amirliklarda to’rtta neft tankeriga hujum ortida turgani deyarli aniq, deydi. Tehron voqeaga aloqador ekani haqidagi da’volarni inkor etarkan, Boltonni urushni boshlash kayfiyatida, AQShni esa Eronga qo’yilgan yangi sanksiyalari uchun iqtisodiy terrorizmda ayblaydi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortagusning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Eron bilan urushni istamaydi.

“Aslida iqtisodiy sanksiyalar, bosimni tugatishni xohlardik. Biroq Eron rejimi Davlat kotibi Pompeo olg’a surgan 12 ta shart xususida o’tirib gaplashishi, normal davlatga o’xshab o’zini tutishi kerak”, - deydi rasmiy.

Trampning hafta boshida Tokioga safari chog’ida Yaponiya bosh vaziri AQSh va Eron o’rtasida vositachi bo’lishni taklif etdi.

“Bosh vazir va Yaponiya davlati Eron bilan juda yaxshi aloqada ekanini bilaman. Janob Abe men bilan bu haqda gaplashib, Eron muloqotga tayyor ekanini aytdi. Biz ham bunga qarshi emasmiz, ko’ramiz”, - dedi Tramp.

Biroq Davlat departamenti vakili ayni pallada Yaponiya xizmatidan foydalanish rejasi yo’qligini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG