Breaking News

AQShning ayrim qonunchilari masjidlar ustidan nazoratni oshirmoqchi


Bugun Amerikada taxminan yetti million musulmon yashaydi
Bugun Amerikada taxminan yetti million musulmon yashaydi

AQSh Vakillar Palatasining Davlat xavfsizligi masalalari bo’yicha qo’mitasi raisi, Nyu-Yorkdan saylangan respublikachi kongressmen Pyer King fikricha, mamlakatdagi musulmonlar orasida radikal kayfiyat keng tarqalgan.

Masjidlarning katta qismi mutaassib imomlar qo’lida. Masalani sinchiklab o’rganib chiqish kerak, deydi qonunchi.

Kongressmen Piter King taklifini yoqlab chiqqan nyu-yorkliklardan birining fikricha, Amerikaga turli din va millat vakillarining bemalol kirib kelishini cheklash kerak.

Ayniqsa agar ular bu mamlakat tizimiga, davlat boshqaruviga va qonunlariga rioya qilmasa yoki ularni tan olmasa, AQShda ularga o’rin yo’q, deydi u.

Piter King, Nyu-Yorkdan saylangan respublikachi kongressmen
Piter King, Nyu-Yorkdan saylangan respublikachi kongressmen

Kongressmen King nazarida Amerikadagi musulmonlar orasida radikal mafkura keng tarqalishi mamlakat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

2004 yilida, AQShdagi masjidlarning qariyb 80 foizi ekstremist kuchlar nazoratida edi. Buni ayrim ulamolarning o'zi Davlat departemantiga ochiq bildirgan, deydi qonunchi.

Nyu-Yorkdagi Islom Yetakchilik Kengashi ijroiya direktori Zohir Uddin bu da’volarda haqiqat yo’q deydi.

“Balki bir-ikkita masjidda vaziyat shunday bo’lishi mumkin, lekin men shaxsan ektremistlar nazoratida deb aytilgan masjidlardan bexabarman. Kongressmen Piter King bu masjidlarni bilsa, ularni aniqlasin”, - deydi u.

Zahir Uddin, AQSh bo’ylab terrorizmda gumon qilingan musulmonlar faqat besh foizni tashkil qilishini eslatib, musulmon tashkilotlar bunday xatti- harakatlarni qoralaganligini ta’kidlaydi.

AQShning ayrim qonunchilari masjidlar ustidan nazoratni oshirmoqchi
AQShning ayrim qonunchilari masjidlar ustidan nazoratni oshirmoqchi

Tadqiqotlarga ko’ra, 2001 yildan buyon musulmonlar hukumat bilan hamkorlik qilib, shubhali harakatlar haqida ogohlantirib keladi. Buning natijasida kamida 48 xuruj rejasi fosh etilgan.

Nyu-Yorkda o’tkan namoyishda qatnashgan musulmon, nasroniy va yahudiylar Kongressda o’tkazilishi rejalangan tinglovga norozilik bildirdi.

Nyu-Yorkda islomiy markaz quraman deb qattiq qarshilikka uchragan imom Faysal Abdul Rauf fikricha kongressmen Piter King terror tahdidi deganda faqat musulmonlarni nishonga olmoqda.

“Qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar odamlar ektremist oqimlarga qo’shilishi mumkinku axir. Musulmon ektremist yoki musulmon radikallar singari Amerikada boshqa ekstremist va radikallar ham bor”, deydi u.

AQSh Federal Qidiruv Byurosi hisobotiga ko’ra, mamlakatda terror tahdidi deganda oq tanli irqchilar, musulmonlarga aloqasi yo’q ektremist guruhlar va separatistlar ham nazarda tutiladi. Lekin kongressmen King ular haqida og’iz ochmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG