Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe AQSh rahbari Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya tahdidi haqida telefon orqali gaplashganini aytib, ikki rahbar Pxenyanni yadro sinovlaridan qaytarish ustuvor vazifa ekaniga kelishib olgan.
Abe bu haqda Tokioda muxbirlarga so’zlagan.
"Shu bilan birga, AQSh-Yaponiya ittifoqini kuchaytirib, vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etamiz, raketaga qarshi mudofaa tizimini ishga solib, Yaponiya xalqi xavfsizligini ta’minlashga bor kuchimizni sarflaymiz”, - dedi Abe.
Xabarlarga ko’ra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un armiyasi tayyorgarligini ko’zdan kechirib, AQShning Tinch okeanidagi hududi Guamga yadro quroli bilan hujum qilish rejasini o’rgangan.
AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis Pxenyanni bunday harakatlar haqida ogohlantirib, AQSh hududiga hujum katta urushga aylanib ketishini aytdi.
Facebook Forum