Breaking News

AQSh vazirlari Tokioda ikki mamlakat aloqalarini kuchaytirish haqida gaplashdi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken (o'ngda) hamda Mudofaa vaziri Lloyd Ostin (chapda) Yaponiya Bosh vaziri Yoshixide Suga bilan uchrashuvdan oldin

AQSh va Yaponiya tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bugun, seshanba kuni Tokioda uchrashib, ikki mamlakat aloqalari, Shimoliy Koreya hamda Xitoyning Osiyodagi, xususan, Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da’volari yuzasidan fikr almashdi.

Xalqaro hayot – 16-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:55 0:00

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Bayden ma’muriyati Yaponiya bilan munosabatlarni kuchaytirish tarafdori.

“Demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligiga ishonamiz, chunki ushbu qadriyatlarga amal qilayotgan mamlakatlarimizning bundan kuchayganiga guvohmiz. Ammo ko’p joylarda bu qadriyatlar tahdid ostida. Jumladan ushbu mintaqada. Birmada harbiylar demokratik saylovni o’zgartirishga intilarkan, tinch namoyishlarni qattiqqo’llik bilan bostirmoqda. Xitoy esa Gonkong muxtoriyatini, Tayvan demokratiyasini do’q-po’pisalar bilan yemirmoqda, Shinjon va Tibetda inson huquqlarini poymol etmoqda, Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga da’vo qilib, xalqaro qonunga xilof ish tutmoqda. Biz Hind-Tinch okeani mintaqasining erkin va ochiq bo’lishi tarafdorimiz”, - dedi Blinken.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaponiya Mudofaa vaziri Nobuo Kishi bilan uchrashuv chog’ida AQSh-Yaponiya ittifoqini olqishladi, uni mintaqa tinchligi garovi deb atadi.

Bayden ma’muriyati Shimoliy Koreya siyosatini qayta ko’rib chiqishga kirishgan, yaqin kunlarda yangi siyosat e’lon qilinishi kutilmoqda. Tokiodagi uchrashuvlar chog’ida Pxenyan yadro dasturi va siyosati muhokama etilgan.

Blinken va general Ostin Bosh vazir Yoshixide Suga bilan ham ko’rishdi. Yaponiya rahbari aprel boshida Vashingtonga safar qilishi kutilmoqda.

AQSh rasmiylari shu hafta Janubiy Koreyada ham bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG