Breaking News

AQSh Janubiy Koreyaga raketaga qarshi mudofaa tizimini o'rnatmoqda


AQSh-Koreya ziddiyati
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:01:23 0:00

Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlari yuzasidan ziddiyat kuchayar ekan, AQSh harbiylari Janubiy Koreyada raketaga qarshi mudofaa tizimini o'rnatmoqda.

Mudofaa tizimi qismlari eski golf maydoniga ko'chirilar ekan, Sonju okrugi aholisi politsiya yo'lini to'sib namoyish o'tkazdi.

Qurilmaning dastlabki komponentlari mart boshida keltirilgan edi.

Seul va Vashingtonning aytishicha, bu texnologiyani olib kelishdan asosiy maqsad Shimoliy Koreyadan kelayotgan ehtimoliy raketa hujumlarini qaytarish. Xitoy esa sistemani o'z xavfsizligi uchun tahdid sifatida ko'rmoqda.

Pxenyan so'nggi oylarda bir necha ballistik raketa sinovlarini o'tkazdi. Yaqin ittifoqchisi Pekin va xalqaro hamjamiyatning keskin qarshiligiga qaramay, Shimoliy Koreya oltinchi bor yadro quroli sinovini o'tkazishga tayyorlanmoqda.

Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreyaga oid maxfiy ma'lumotlar bilan tanishtirish uchun Oq uyga AQShning barcha 100 senatorini taklif qildi.

Qonunchilarning maxfiy ma'lumotlar bilan ishlashi yangilik emas, lekin ularning Oq uyda uchrashishi va butun Senatning jalb etilishi odatdan tashqari holat.

Ayni paytda AQSh-Yaponiya qo'shma dengiz kuchlari Koreya yarimorolida harbiy mashqlarni yakunlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG