Breaking News

Malayziya bosh vaziri Vashingtonda Tramp bilan uchrashdi


Donald Tramp va Najib Razoq
Donald Tramp va Najib Razoq

AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Oq uyda Malayziya Bosh vaziri Najib Razoqni qabul qilib, bu mamlakatning AQShga qilayotgan sarmoyalari va terrorga qarshi kurashini ijobiy baholadi.

Ikki mamlakat “Boing” yo’lovchi samolyotlari va “Jeneral Elektrik”ning samolyotlar uchun dvigatellarini sotib olish haqida 20 milliard dollarlik bitim imzolash arafasida turibdi.

Najibning aytishicha, Malayziya AQShda infratuzilma va taraqqiyot loyihalari uchun 3-4 milliard dollar ajratadi. Tramp Malayziya hukumatining BMT sanksiyasi ostidagi Shimoliy Koreya bilan ish qilmayotganini olqishladi.

Najib Razoq Malayziyaning “Islomiy davlat” va al-Qoida kabi terror guruhlariga qarshi kurashi haqida ham so’zladi:

“Harbiy amaliyotlardan tashqari odamlarning ongini, qalbini zabt etishimiz kerak, mo’tadil musulmon hukumatlarni qo’llab-quvvatlashimiz kerak. Progressiv va zamonaviy davlatlar bilan yaqin aloqada bo’lsak, musulmon dunyosi muhabbatini qozona olamiz shunda”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG