Breaking News

Vashington shtatida otishma, o'lganlar bor


Burlington shahrida "Macy's" do'konida ro'y bergan bu hodisada to'rt ayol va bir erkak nobud bo'lgan. 
Burlington shahrida "Macy's" do'konida ro'y bergan bu hodisada to'rt ayol va bir erkak nobud bo'lgan. 

Amerika shimoli-g'arbidagi Vashington shtatida savdo markazida juma kechqurun bir kishi otishma boshlab, besh odamni o'ldirgan.

Politsiya oyoqqa turgan, hujumchi qidiruvda. Burlington shahrida "Macy's" do'konida ro'y bergan bu hodisada to'rt ayol va bir erkak nobud bo'lgan.

Guvohlarning aytishicha, o'q ovozlari eshitilgani zahoti odamlar do'kondan qochib chiqa boshlagan.

Serjant Mark Fransisning aytishicha, hujumchi qo'lida quroli bilan binoni tark etishga muvaffaq bo'lgan.

Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda joylagan suratda kulrang kiyim kiygan, mutasaddilar ta'rifi bilan aytganda "ispanzabon shaxs"ni ko'rish mumkin.

Hujum ortidagi sabablar noma'lum.

Federal qidiruv idorasi Burlington politsiyasiga yordam tariqasiga o'z agentlariga safarbar etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG