Breaking News

AQSh Yaqin Sharqda nima qilarini bilmay qolgan?


Qo’shma Shtatlar urush va to’polonlarni boshdan kechirayotgan Yaqin Sharqda nima qilarini bilmay qolgan, degan tanqidlarni Obama ma’muriyati qat’iyan rad etadi.
AQSh Yaqin Sharqda nima qilarini bilmay qolgan?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00
Yuklab oling

Aksincha, regiondagi muammolarni hal qilish uchun bir necha jabhada jadal harakat qilayapmiz, deydi bu davlat diplomatlari.

Suriyada isyonchilar shaharlarni birma-bir hukumat kuchlariga boy berayapti. Halab va boshqa joylarda janglar davom etmoqda.

Inqilobning uch yilligini nishonlayotgan Misrda harbiy va islomiy guruhlar o’rtasida hokimiyat talash. Prezident saylovlarini tezlashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Prezident Barak Obama bir yil oldingi nutqida, “Yaqin Sharqda o’z haq-huquqini talab qilayotgan fuqarolarni, ularning demokratiya sari intilishini qo’llab-quvvatlaymiz”, degan edi.

Iordaniyadagi bir lagerda yashayotgan suriyalik qochqinlar fikricha, Obamaning so’zlari quruq gap bo’lib chiqdi.

“Suriya xalqini zolim rahbar qirayapti, hamma jim qarab turibdi”, - deydi qochqinlardan biri.

Ko’plab tanqidchilarga ko’ra, haqiqatdan ham Vashington voqealarni chetdan kuzatib turibdi xolos.

“Arab bahori deb ta’riflanayotgan qo’zg’olonlar Amerika uchun g’alvadan boshqa narsa emas. Suriyani tinchlantiramiz, mojaro tarqalishiga yo’l qo’ymaymiz deguncha mana endi Misr qonga botayapti”, - deydi tahlilchi Deyvid Shenker.

AQSh Suriya mojarosini kuch bilan emas, diplomatiya vositasida hal qilishga bel bog’lagan. Eronning yangi rahbariyati bilan ham muloqot boshlangan va davom etayapti. Siyosiy sharhlovchi Aron Miller shularga ishora qilib, amaldagi siyosat natija berayapti, deydi.

“Suriya kimyoviy qurollarini topshirishga rozi bo’ldi. Bu katta o’zgarish. Eron bilan yadro dasturi masalasida kelishib olindi. Atigi ikki yil oldin buni tasavvur qilish qiyin edi”, - deydi u.

Obama ma’muriyati Isroil va Falastinni yarashtirishga qunt qilgani ham yaqqol seziladi. Davlat kotibi Jon Kerri o’tgan bir yil ichida mintaqaga 11 marotaba safar qildi.

Sobiq elchi Mark Ginsberg bu sa’y-harakatlar samara berishiga ishonadi.

“Amerika Yaqin Sharqda o’z obro’-e’tiborini tiklamoqchi bo’lsa, Isroil va Falastinni tinchlikka yetaklashdan muhimroq vazifa yo’q”, - deydi Ginsberg.

Regionda barqarorlikni ta’minlash uchun Obama har bir imkoniyatdan foydalanishga tayyor ko’rinadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG