Breaking News

Amerika orzusiga erisha olmayotgan yoshlar


Amerika orzusi rad etiladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

Obama prezidentligi davrida hujjatsiz muhojirlarni o’z himoyasiga olgan DACA dasturi esingizdami? O’shanda 700 ming odamga Amerikada yashash va ishlash huquqi berilgan edi. Donald Tramp Oq uyga kelgach dasturni tugatamiz degan, shundan buyon biror yangilik yo’q.

Amerikaga bolaligida olib kelingan minglab muhojir yaqinlashayotgan saylov vaziyatga aniqlik kiritadi degan umidda.

Huan Yulises Huarez Meksikadan AQShga 10 yoshida kelgan. Grant asosida o’qishni bitirib, televideniye muxbiriga aylandi. 2017-yilda hatto “Emmi” mukofoti bilan taqdirlandi.

“Menga “Emmi” mukofotini topshirishganda hujjatsiz ekanimni aytdim. Kameralar menga qaratilganda, omma oldida kim ekanimni aytish niyatim bor edi. DACA menga imkoniyatlarni ochib berdi”, - deydi Huarez.

DACAni sobiq Prezident Barak Obama 2012-yilda e’lon qilgan. Amerikaga bolaligida olib kelingan 700 ming hujjatsiz muhojir shu programma asosida mamlakatda yashab, ishlab keladi. Hujjatlarini har ikki yilda yangilaydi.

Prezident Tramp 2017-yilda dastur tugatilishini aytgan edi. Endi nima bo’lishi Kongressga bog’liq. Oradan bir yil o’tib, noyabr saylovlari yaqinlashar ekan, Huarez kabi muhojirlarning kutishdan boshqa chorasi yo’q. Hozir asosan devor qurish va chegarada oilalarni ajratish kabi mavzular muhokamada.

“Har doim muhimroq bir mavzu chiqqanida DACA haqida unutishadi. Dastur taqdirini sud hal qiladi, qonunlarga o’zgartirishlar kiritiladi, deyishyapti. Hozircha har ikki yilda hujjatlarimizni yangilab turishga ruxsat bor, shunisiga shukur. Va’dalar berilyapti, lekin bajarilmayapti”, - deydi Huan Yulises Huarez.

Nevada shtatida DACA dasturidan imtiyoz olayotgan 13 ming odam bor. Kongress saylovlari ularga o’zi haqida eslatib qo’yish imkonini beradi. Shtatning qariyb 30 foiz aholisini tashkil etuvchi latinolar saylovda faol qatnashmoqchi.

“Latinolar ko’rib turibdi. Ularning oilalari, qo’shnilari, do’stlari, tanishlari doimiy bosim ostida. DACA atrofidagi bahslar ayrimlarga shaxsan ta’sir ko’rsatmasa-da, baribir qayg’urishadi”, - deydi immigratsiya bo'yicha faol Alisiya Kontreras.

DACA qatnashchilari saylovda ovoz berolmaydi, ammo ular boshqalarni chiqib ovoz berishga da’vat etmoqda.

“Men bilan o’sib-ulg’aygan avlod vakillari orasida siyosatga ishonchsizlik kuchli, ovozimiz hech narsani o’zgartirmaydi, deyishadi. Ammo men ularni ovoz berishga undayapman”, - deydi hujjatsiz muhojir Argello Riko.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG