Breaking News

Qo'shma Shtatlar Myanma harbiylarini qora ro'yxatga qo'shdi


Myanma qurolli kuchlari qo’mondoni Min Aun Xlain

AQSh Davlat departamenti Myanma qurolli kuchlari qo’mondoni Min Aun Xlain va Mudofaa vazirligining yana bir necha yuqori lavozimli rasmiylarini Rakxayn shtatida roxinjalik musulmonlarga qarshi zulmda ayblab, ularni qo’ra ro’yxatga qo’shgan.

Xlain, uning o’rinbosari va yana ikki qo’mondon hamda ularning oila a’zolari bundan keyin AQShga kira olmaydi.

Davlat departamentiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Birma harbiy rahbariyatiga qarshi chora ko’rgan ilk mamlakat bo’ldi.

Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Myanma hukumati Rakxaynda inson huquqlarini poymol qilgan, aholiga zulm o’tkazgan odamlarni javobgarlikka tortmaganidan tashvishda.

Pompeoga ko’ra, Min Aun Xlain 2017-yilda Inn Din qishlog’ida 10 roxinjalikni o’ldirgani uchun qamalgan askarlarni ozod etgan. Hukumat ta’qiblari va qatliomi oqibatida salkam 750 ming roxinjalik qo’shni Bangladeshga qochishga majbur bo’lgan.

Myanmalik buddistlar roxinjalik musulmonlarni Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojir deb biladi, ular fuqarolikdan mahrum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG