AQSh Harbiy-dengiz kuchlari floti qo’mondoni vazifasidan ozod etildi

  • Amerika Ovozi

Vitse-admiral Jozef Okoyn

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 7-flotiga qarashli kemalar bir necha bor fojiaga uchraganidan so’ng flot qo’mondoni vitse-admiral Jozef Okoyn vazifasidan ozod etildi.

Dushanba kuni Jon Makkeyn nomli esminets Singapur yaqinida neft tankeri bilan to’qnashib, 10 matros halok bo’ldi. Iyun oyida esa Yaponiya yaqinida “Fitsjerald” avianosetsi yuk kemasi bilan to’qnashishi oqibatida yetti matros nobud bo’lgan edi.

Oq uy dushanba kungi fojia yuzasidan qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirib, voqea tergov qilinishiga va’da berdi.

"Tergovni tez va puxta o’tkazamiz. Fojia qanday sodir bo’lganini aniqlaymiz”, - dedi admiral Jon Richardson.

Dushanba kungi voqea ketidan Harbiy-dengiz kuchlari barcha harbiy kemalar qatnovida vaqtincha tanaffus e’lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG