Breaking News

Katrinadan 10 yil o'tib Yangi Orleanda turizm rivojlanmoqda


Yangi Orlean, to'fondan 10 yil o'tib
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:30 0:00

Yangi Orlean, to'fondan 10 yil o'tib

Yangi Orlean, Luiziana shtatining eng katta shahri, xorijlik sayyohlarni hamisha o’ziga tortib kelgan. Luiziana - fransuz, Afrika va mahalliy madaniyat qorishgan o'lka. 19-asr boshida davlat sifatida endi oyoqqa turayotgan Qo’shma Shtatlar bu yerni Fransiyadan sotib olgan - hozirgi pul bilan 234 million dollarga. Yangi Orlean shubhasiz mana shu tarixdan darak beruvchi maskan va obidalarga to’la, lekin 10 yil oldingi Katrina to’foni turizm sanoatiga katta zarar yetkazgan edi. Karnaval va paradlar shahri qayta qurildi, turizm yana jonlanmoqda.

Yangi Orleanning qadimiy Fransuz kvartalidamiz. Bu yer yil bo’yi sayyohlarga to’la.

Katrina deb nomlangan to’fondan so’ng ko’plab mehmonxona va restoranlar yopilgan, turistlar ko’rinmay qolgan edi. Hozirgi manzaradan shahar rahbarlari xursand.

“O’tgan yili 9 milliondan ziyod odam keldi bu yerga. Mehmonlar oqimini yanada ko’paytirisa bo’ladi. Yangi Orlean ikki yil oldin futbol kubogiga mezbonlik qilgan edi. Har hafta, dam olish kunlari katta tadbirlar o’tkazamiz”, - deydi mer muovini Endi Kopplin.

Mark Romig turizm sanoatini yaqindan kuzatadi. “Turizm iqtisodning ustuvor yo’nalishlaridan biri. Bu sohada qariyb 80 ming odam ishlaydi. Yangi Orleanga kelganlar o’tgan yilning o’zida 6,8 million dollar sarfladi”, - deydi u.

Sayyohlarning 90 foizi – amerikaliklar. Ammo xorijlik turistlar soni ham ko’paymoqda.

“Xorijdan kelgan mehmonlar odatda shaharda amerikaliklarga qaraganda uzoqroq vaqt turadi va ko’proq pul sarflaydi”, - deydi Romig.

Katrina to’fonidan keyin Yangi Orlean turizm sanoati qayta tiklanmaydi, degan xavotirlar bor edi.

“Bo’ron va kasalliklar, neft to’kilishi va boshqa fojealardan keyin shahrimiz doimo oyoqqa turgan. Odamlarimiz kurashadi, chunki biz shahrimizni yaxshi ko’ramiz. Bu yerga kelgan mehmonlar esa buni sezadi va bizga qo’shilmoqchi bo’ladi”, - deydi mutaxassis.

Yangi Orlean 2017-yilda 300 yilligini nishonlaydi. Tayyorgarlik ishlari avjida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG