AQSh Prezidenti Donald Tramp Pokistonni jangarilarga yon bosayotganlikda ayblar ekan, Qo’shma Shtatlar bu mamlakatga xavfsizlik bobida beriladigan yordamini to’xtatmoqda. Vashington Pokistondan Tolibon va Haqqoniy tarmog’iga qarshi dadil kurashishni talab qilmoqda.

“Pokiston AQSh manfaatlariga tahdid solayotgan terrorchi va jangarilarga qo’nim bermasligi kerak. Qo’shma Shtatlar Pokistonga barcha turdagi terrorchilarga qarshi kurashda yordam berishga tayyor. Shundan keyingina Pokiston bilan ikki tomonlama xavfsizlik aloqalarimizni yangilashga va kuchaytirishga umid qilamiz”, - dedi Davlat departamenti matbuot kotibasi Xezer Noyert.

Unga ko’ra, Islomobod endi Amerikadan harbiy uskuna va xavfsizlik ehtiyojlari uchun mablag’ ololmaydi.

Pokiston hukumati bu kabi ayblov va da’volarni inkor etib, terrorga qarshi kurashda va Afg’onistonni barqarorlashtirishda Vashington bilan ishlashga tayyor ekanini bildirmoqda. Bu mamlakat rahbarlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Afg’onistondagi muvaffaqiyatsizliklarini Pokistondan ko’rmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG