Breaking News

AQSh Polshada qo'shinlari sonini oshiradi, harbiy baza ochadi


Kelishuvni AQSh davlat kotibi va Polsha mudofaa vaziri imzoladi
Kelishuvni AQSh davlat kotibi va Polsha mudofaa vaziri imzoladi

AQSh Varshava bilan Polshadagi qo’shinlari sonini oshirish va bu mamlakatda doimiy harbiy baza ochishga kelishib oldi. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo shanba kuni Polshaga tashrifi chog’ida bitimni imzoladi. Amerikaning salkam 4500 askariga yana ming nafar harbiy qo’shiladi.

Xalqaro hayot – 18-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:51 0:00

Ayni paytda Qo’shma Shtatlar Germaniyadan askarlarini chiqarmoqda. AQSh armiyasining 5-korpusi qo’mondonligi Germaniyadan Polshaga ko’chirilishi kutilmoqda.

“Qo’shinlar soni muhimdir. Tank korpusida xizmat qilgan sobiq ofitser sifatida buni yaxshi bilaman”, - dedi Pompeo.

Tahlilchi Jonatan Eyal bitimning strategik ahamiyatini tushuntiradi.

“Rossiyani jilovlash va NATOdagi har bir a’zo davlat bir xil xavfsizlik kafolatlariga ega ekanini eslatishdan iborat bu”, - dedi Londondagi tahlil markazi eksperti.

Polsha kelishuv Rossiya tahdidlaridan himoya qilishda muhim ekanini aytmoqda.

“Bizning xavfsizligimiz uchun muhim qadam bu. Qo’shinlarning Germaniyada emas, Polshada bo’lgani muhimdir”, - dedi Polsha Tashqi ishlar vaziri Yatsek Chaputovich.

O’tgan oy AQSh Prezidenti Donald Tramp Germaniyadan 12 ming askar chiqarilishi haqida e’lon qildi. Tramp Berlinni NATO byudjetiga yetarlicha mablag’ ajratmayotganlikda aybladi. Uning aytishicha, qo’shinlarning yarmi AQShga qaytadi, qolgani esa NATOga a’zo boshqa davlatlarga yuboriladi.

“Germaniya to’lovlarni qoplamayapti, demak askarlarni kamaytiramiz”, - dedi Tramp.

AQSh rasmiylariga ko’ra, qo’shinlarning bir qismini Germaniyadan chiqarish va Polshaga qo’shin yuborish o’rtasida bog’liqlik yo’q. Berlin nazarida, AQShning bunday qadami NATOni zaiflashtiradi. Tahlilchi Jonatan Eyal bu ishni allaqachon qilish kerak edi, deydi.

“Aslida bu Sovuq urush tugaganidan 30 yil o’tib alyansni to’g’ri sozlash harakatidir. Germaniyada ko’p sonli qo’shin ushlab turishdan foyda yo’q. Rossiyadan kelayotgan shovqindan seskanib turgan, o’zini himoyasiz deb bilgan mamlakatlarda askarlarning yo’qligi mantiqqa to’g’ri kelmaydi”, - deydi mutaxassis.

Rossiya 2014-yilda Qrimni o’ziga qo’shib olishi ketidan NATO Sharqiy Yevropada qo’shinlari sonini oshirishga majbur bo’lgan. Moskva AQSh askarlarining qo’shni Polshaga joylashtirilishini tahdid deb ko’rishini aytib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG