AQSh "WikiLeaks" asoschisi Julian Assanjni sudga tortadimi?

  • Amerika Ovozi

"WikiLeaks" asoschisi Julian Assanj

Avstraliyalik Julian Assanj ustidan tergov ishi 2010-yilda boshlangan. O'shanda "WikiLeaks" Amerika hukumatiga tegishli minglab maxfiy hujjatlarni ommaga fosh etgan.

Markaziy Razvedka Agentligi rahbari Mayk Pompeo deydiki, Assanj AQShga nisbatan qator jinoyatlar qilgan.

AQSh Adliya vazirligi bu borada ishlamoqda va yaqin kunlarda "WikiLeaks" asoschisiga nisbatan qator ayblovlar e'lon qilinishi mumkin.

Markaziy Razvedka Agentligi rahbari Mayk Pompeo
Markaziy Razvedka Agentligi rahbari Mayk Pompeo

Rossiya "Wikileaks" orqali o'tgan yili prezidentlikka nomzod demokrat Hillari Klintonga tegishli elektron xatlarni chop etgan. AQSh razvedkasi tahlilicha, Kreml va "Wikileaks"ning tili bir.

Rossiya xakerlari sodir etgan jinoyatlar tekshirilar ekan, bu masala oydinlashmoqda, deydi ekspertlar, biroq hech kim hozircha bu borada aniqroq gapirmaydi.

"WikiLeaks" nima ekani hammaga ravshan", - deydi Pompeo. "Rossiya singari yovuz tuzumlar xizmatidagi tizim. dushman".

Adliya vaziri Jeff Seshns so'zlariga ko'ra, Assanj - Tramp ma'muriyati uchun dolzarb masala. Barcha chora ko'riladi va bir necha odam qamaladi, deya qayd etmoqda vazir.

Assanjning advokati Barri Pollak deydiki, Vashington katta gapirayapti, amalda biror qadam tashlanmagan.

AQSh Adliya vaziri Jeff Seshns
AQSh Adliya vaziri Jeff Seshns

"WikiLeaks" - axborot manbai, deydi advokat. Amerikadagi boshqa jurnalistik tashkilotlar va vositalar singari qaralishi kerak, deydi Pollak, Obama ma'muriyati shu sabab ham bu tizimni sudga bermagan.

Assanj Shvetsiyada jinsiy tajovuzda ayblanadi. Ekvadordan siyosiy boshpana olgan. 2012-yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashaydi. Chiqsa, hisbga olinib, ekstraditsiya qilinishi mumkin.

Assanj yaqinda chop etilgan sharhida "Wikileaks" noyob ma'lumot manbai deya, uni jamoatchilik xizmatidagi tashkilot sifatida ta'riflaydi. Haqiqatni aniqlb, uni omma e'tiboriga havola etish - asosiy vazifa, deydi u.

AQSh hukumati esa uni azaldan davlat sirlarini fosh etganlikda qoralab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG