Putin Amerikaga elchixonasi xodimlari sonini 755 kishiga kamaytirishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

AQShning Moskvadagi elchixonasi

AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga javoban bu mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Amerikaning Rossiyadagi elchixonasiga xodimlari sonini 755 kishiga kamaytirishni buyurdi.

AQSh Davlat departamenti Putinning bu qarorini afsus bilan qabul qilib, javob choralari ustida o’ylanmoqda. Rossiya rahbariga ko’ra, AQShga qarshi qo’shimcha jazo choralari qabul qilinishi mumkin.

Qo’shma Shtatlar Rossiyani 2016-yilgi prezident saylovlariga aralashganlikda ayblarkan, o’tgan payshanba kuni Amerika Kongressi qo’shimcha sanksiyalar bitilgan qonunni qabul qildi. Prezident Tramp uni imzolashi kutilmoqda.

Putin saylovlarga aralashish haqidagi da’volarni inkor etib, AQShni tashqi munosabatlarda agressiv siyosat yuritayotganlikda aybladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, AQSh elchixonasi avgust oxirigacha 755 xodimini qisqartirishi zarur. O’tgan yil oxirida Qo’shma Shtatlar Rossiyaning 35 diplomatini haydab, elchixonaga qarashli ikki imoratni olib qo’ygan edi.

Kongressda qabul qilingan so’nggi hujjatga ko’ra, agar Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatmoqchi bo’lsa, qonunchilar 30 kun ichida uning bu qaroriga to’siq qo’yishi mumkin bo’ladi.

Ma’lumki, saylov kampaniyasi paytida Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga va’da bergan, ammo va’dasining ustidan hanuz chiqolmadi - muxolifat Tramp va unga yaqin odamlarni saylov paytida Rossiya bilan til biriktirganlikda ayblab, munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini cheklab qo’ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG