Tramp Tillersondan Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashni so'radi

  • Amerika Ovozi

Tillerson va Lavrov, AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Vashingtonda, 10-may, 2017-yil

Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashgani va Tramp saylov shtabi vakillarining rus rasmiylari bilan til biriktirganiga doir da’volar AQShda tergov qilinayotganiga qaramay, Prezident Tramp Davlat kotibi Reks Tillersondan Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashni so’ragan.

Tillersonga ko’ra, ikki mamlakat munosabatlari har qachongidan eng quyi nuqtada.

"Prezident mendan siyosiy jarayonlarning bu ishimga halaqit berishiga yo’l qo’ymaslikni so’radi. Men lozim topgan muddat va sohalarda aloqalarimizni tiklashni so’radi”, - deydi davlat kotibi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Noyertning aytishicha, AQSh va Rossiya Daishga qarshi kurashda hamkorlik qilishi mumkin.

“Ikki tomonlama manfaatli sohalarda hamkorlikka intilamiz, ammo raqib sohalarda biz o’z manfaatlarimiz, hamkorlarimiz qadriyatlarini himoya qilishdan qaytmaymiz”, - dedi rasmiy.

Biroq tergov Tillersonga Rossiya bilan til topishishga halaqit berishi mumkin.

“Siyosiy tomondan bu ish juda qiyin kechadi. Rossiya bo’yicha tergovni deb, Tramp ma’muriyatining ustida qora bulutlar hosil bo’lmoqda. Ko’p jihatdan bunga prezident va Oq uyning o’zi aybdor, chunki ba’zi ishlar yashirincha qilingan”, - deydi tahlilchi Stiven Payfer.

Unga ko’ra, AQSh-Rossiya aloqalari yaxshilanishi uchun Prezident Vladimir Putin Ukrainaga doir siyosatini keskin o’zgartirishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG