Amerikada o'qishga xorijlik talabgorlar soni oshmoqda

  • Amerika Ovozi

Xalqaro talabalar orasida eng mashhur Amerika universitetlarida o'qish uchun hujjat topshirayotgan xorijlik talabgorlar soni oshmoqda.

Shu haqda o'tkazilgan so’rovnomada xalqaro talabalar eng ko’p o'qiydigan 20 ta oliy o’quv yurti qatnashgan. Ulardan 14 tasida bakalavr bosqichidagi xalqaro talabalar soni ortgani kuzilgan. Besh universitetda esa bu ko'rsatkich kamaygan. Umimiy xulosa shuni ko’rsatadiki, AQSh o’quv yurtlaridagi 20 foiz talabalar xorijiy davlatlardan.

Amerika universitetlariga topshirayotganlar va qabul qilinganlar soni har yilning noyabr oyidan keyin e’lon qilinadi. So’nggi so’rovnoma natijalariga ko’ra, birinchi marotaba 2015-2016-o'quv yilida xalqaro arizalar soni bir milliondan oshgan.

Bir necha oy oldingi so’rovnomada xorijiy talabalarning qiziqishi va ariza topshirayotganlar soni kamaygani ko'zga tashlangan edi. Xalqaro ta’lim institutining 2017-yil mart oyidagi so’rovnomasida mamlakat bo’ylab 250 o’quv yurtidagi vaziyat o'rganilgan. Natijalarga ko’ra, xalqaro talabalar soni 40 foizga kamaygan. So’rovnoma Prezident Trampning musulmon davlatlaridan kelayotgan muhojirlar va talabalar oqimini cheklash qarori chiqqanidan so’ng o’tkazilgan edi.

Bu qonun Eron, Liviya, Suriya, Somaliya va Yaman davlatlaridan keladigan sayyohlarni 90 kunga taqiqlashi kerak edi. Lekin federal sud farmon ijrosiga cheklovlar kiritib, 2017-yilning iyun oyidan kuchga kirishini ta’minladi. Sayyohlik man etilgan davlatlar ro’yxatidan bo’lgan talabalar hali-hanuz amaldagi talaba vizasi bilan AQShga kelib o’qishi mumkin.

Lekin immigratsion bosim ostidagi farmon talabalarga ancha tushunmovchiliklar keltirdi. Ular Amerikada o’qishga topshirish yoki topshirmaslik bo'yicha bir qarorga kela olmay qoldi.

Xalqaro ta’lim institutiga ko’ra, Nyu-York universitetida (NYU) xalqaro talabalar soni yuqori. O'quv yurti 2021-yil bitiruvchilari uchun xorijdan 20 ming ariza qabul qilgan.

Universitet qabul bo’limi boshlig’i Shon Abbotga ko’ra, xalqaro talabalar soni 27 foizga oshgan va o’tgan yilgidan ko’ra 1500 ta ko’proq ariza qabul qilingan.

Xalqaro talabalarining katta qismi Xitoydan (31%). Qolganlar esa Hindiston(16%), Saudiya Arabistoni(6%) va Janubiy Koreyadan (6%).
Xalqaro ta’lim instituti hisobotiga ko’ra, keyingi yilda bu raqam 60 foizga yetishi, ya'ni xitoylik talabalar bir million atrofida bo’lishi kutilmoqda.

Xalqaro talabalar AQSh iqtisodiyotiga 2015-2016-o’quv yili davomida 32,8 milliard dollar sarmoya kiritgan. Ta’lim sohasi AQSh bo’yicha 12-o’rindagi yirik xizmatlar sektori hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG